Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Majnuntol MFY hududidagi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishildi
янв.21
Yoshlar festivali doirasida yoshlar bilan ishlash va profilaktika masalalariga e’tibor qaratildi
янв.21
“DAMBOG‘” MAHALLASIDA FUQARONING TIBBIY-IJTIMOIY VA KOMMUNAL MUAMMOLARI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
LOLA” MAHALLASIDAGI MUROJAAT VA INFRATUZILMA MASALALARI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
CHORVACHILIKNI RIVOJLANTIRAYOTGAN TADBIRKOR AYOL FAOLIYATI BILAN TANISHILDI
янв.21
3-SONLI TEXNIKUMDA KASBGA O‘QITISH JARAYONI BILAN TANISHILDI
янв.21
OLIY MAJLIS SENATORI YOSHLARNING MUAMMO VA TAKLIFLARINI TINGLADI
янв.21
3-SONLI TEXNIKUM FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
OLTI TOSH MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGI BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
31-MAKTABDA TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
BIR DEPUTAT — YUZ AYOLGA KO‘MAKCHI

BIR DEPUTAT — YUZ AYOLGA KO‘MAKCHI

O‘zLiDeP Uychi tuman Kengashi deputati Nodira Mamadalieva faoliyat yuritayotgan 3-sonli politexnikumda «Bir deputat — yuz ayolga ko‘makchi» loyihasi doirasida navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

Unda O‘zLiDeP Uychi tuman Kengashi apparat rahbari S. Bozorbaeva hamda politexnikum jamoasi, xotin-qizlar va yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirda kitobxonlikning inson ma’naviyati, tafakkuri va dunyoqarashini kengaytirishdagi muhim o‘rni haqida fikr almashildi. Kitob o‘qigan ayol — bilimli, ma’naviyati yuksak, mustaqil fikrlaydigan va o‘z oilasi hamda jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘sha oladigan shaxs, ekani ta’kidlandi.

Shuningdek, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan ham fikrlar bildirildi.

Deputat Nodira Mamadalievaning deputatlik faoliyati davomida xotin-qizlar va yoshlar bilan olib borayotgan ishlari, ularning murojaatlarini o‘rganish, muammolarini tegishli tashkilotlarga yetkazish va amaliy yechim topish borasidagi faoliyati haqida ham so‘z yuritildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Kitobxonlik, ta’lim, kasb-hunar egallash, bandlik, xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ularni qo‘llab-quvvatlash borasida o‘zaro fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

«Bir deputat — yuz ayolga ko‘makchi» loyihasi doirasidagi bunday uchrashuvlar xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolariga yechim topish va yangi imkoniyatlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
 

Slide 1 of 1