Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SO‘Z ODOBI — EL ODOBI
янв.21
DEPUTATLIK FAOLIYATIGA OID HUJJATLAR TARTIBGA KELTIRILDI
янв.21
OILAVIY-MAISHIY ZO‘RAVONLIK VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida 2026-yilning uchinchi choragida oilaviy-maishiy zo‘ravonlik va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
MAHALLALARDA HUQUQBUZARLIKLARNING BARVAQT OLDINI OLISH CHORALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
NAMANGAN SHAHRIDA QONUNIYLIKNI MUSTAHKAMLASH VA JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA QARORLARI IJROSI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATI AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
SESSIYA QARORLARI IJROSINI TA’MINLASH MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
SESSIYADA QABUL QILINGAN QARORLAR IJROSI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YAKKASADA MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI AMALIY NATIJA BERMOQDA: CHORRAHAGA SVETOFOR O‘RNATILMOQDA
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI BILAN HAMKORLIK — MUHIM QADAM!

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 13-«Istiqbol» saylov okrugidan saylangan deputat Maxmudova Baxtinisa Zuxriddinovna  Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Aliyev Murodjon Anvar o‘g‘li bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🗣 Uchrashuv davomida deputatlik faoliyatida yoshlar kelajagiga berilayotgan e’tibor  hamda bunga javoban samarali takliflarni ishlab chiqish yuzasidan o‘zaro fikr va mulohazalar almashildi.
🗣 Muloqot jarayonida hududda har qanday sohada  yoshlarning fikri, tashabbusi va yangicha yondashuvlaridan foydalanish, masalaga turli nuqtayi nazarlardan yondashish- amaliy yechimlarni izlashning ahamiyatiga e’tibor qaratildi.
✅ YOSHLAR MASLAHAT GURUHI — KENGASH FAOLIYATIDA YANGI G‘OYALAR VA TASHABBUSLAR MAYDONI!
🇺🇿 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi yoshlarning salohiyati, bilim va tajribasini Kengash faoliyatiga jalb etish, ularning fikr-mulohazalari hamda takliflarini ilgari surish uchun muhim imkoniyat yaratadi.
🗣 Yoshlar maslahat guruhining faoliyati orqali hududni rivojlantirishga oid masalalarga yoshlar nigohi bilan qarash, mavjud muammolar yuzasidan yangi takliflar ishlab chiqish va deputatlik faoliyatini yanada samarali tashkil etishga ko‘maklashish mumkin.
🗣 Yoshlarning tashabbuskorligi, izlanuvchanligi va zamonaviy fikrlashi jamiyat hayotidagi dolzarb masalalarga yechim topishda muhim omillardan biridir. Shu bois deputatlar va Yoshlar maslahat guruhi a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro muloqot hamkorlikni mustahkamlash, fikrlar almashish va muammolar yechimiga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda alohida ahamiyat kasb etadi.
✅ Hamkorlik — samarali yechimlar sari yo‘l!
Mazkur uchrashuv deputatlik faoliyatida yuzaga kelgan masalani hal etish yuzasidan maslahatlashish, yoshlar salohiyatidan foydalanish va Kengash huzuridagi maslahat guruhi bilan hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi muhim muloqot bo‘ldi.
 ✅Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi yoshlarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni Kengash faoliyatiga keng jalb etish hamda yoshlar bilan hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan ishlarni davom ettiradi.

Slide 1 of 3