Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Majnuntol MFY hududidagi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishildi
янв.21
Yoshlar festivali doirasida yoshlar bilan ishlash va profilaktika masalalariga e’tibor qaratildi
янв.21
25-sonli maktabga oid masalalar muhokama qilinib, mas’ullarga topshiriqlar berildi
янв.21
17-sonli maktabda yangi mini stadion foydalanishga topshirildi
янв.21
Majnuntol” MFY yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Namangan shahar 3-son texnikumi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlarning muammolari tinglanib, amaliy yechimlar belgilandi
янв.21
O‘quvchi-yoshlarni kasbga o‘qitish jarayoni bilan tanishildi
янв.21
Namangan shahar 3-son texnikumining kelgusidagi faoliyat rejalari muhokama qilindi
янв.21
31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining isitish tizimi o‘rganildi
ISTIROHAT BOG‘I — AHOLI DAM OLISHI UCHUN QULAY MASKAN

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A.Isroilov tomonidan tuman istirohat bog‘ining holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida bog‘ hududining umumiy obodonlashtirilganlik holati, yashil hududlar va daraxtlarni parvarishlash, sayr yo‘laklari, dam olish joylari hamda mavjud infratuzilmalarning holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aholi, ayniqsa, bolalar va yoshlarning mazmunli hordiq chiqarishi uchun yaratilgan sharoitlar, hududning sanitariya-tozaligi, xavfsizligi va fuqarolar uchun qulayliklar ko‘rib chiqildi.

Bog‘ hududini yanada ko‘kalamzorlashtirish, mavjud daraxt va butalarni asrab-avaylash, obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish hamda aholi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida istirohat bog‘ini doimiy ravishda obod va ozoda saqlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud infratuzilmalarni yaxshilash hamda aholining mazmunli dam olishi uchun sharoitlarni yanada kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 4