Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Majnuntol MFY hududidagi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishildi
янв.21
Yoshlar festivali doirasida yoshlar bilan ishlash va profilaktika masalalariga e’tibor qaratildi
янв.21
“DAMBOG‘” MAHALLASIDA FUQARONING TIBBIY-IJTIMOIY VA KOMMUNAL MUAMMOLARI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
LOLA” MAHALLASIDAGI MUROJAAT VA INFRATUZILMA MASALALARI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
CHORVACHILIKNI RIVOJLANTIRAYOTGAN TADBIRKOR AYOL FAOLIYATI BILAN TANISHILDI
янв.21
3-SONLI TEXNIKUMDA KASBGA O‘QITISH JARAYONI BILAN TANISHILDI
янв.21
OLIY MAJLIS SENATORI YOSHLARNING MUAMMO VA TAKLIFLARINI TINGLADI
янв.21
3-SONLI TEXNIKUM FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
OLTI TOSH MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGI BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
31-MAKTABDA TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi

#Yoshlar_maslahat_guruhi_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati #biriktirilgan_tashkilot #162_ta_Qonun_ijrosi #deputat_faoliyati #Haftalik_ish_reja #nazorat_tahlil

Bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Q.Igamberdiyeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan birgalikda tumandagi Bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘lib, deputatga biriktirilgan tashkilot bilan ishlash yo‘nalishidagi faoliyatni muhokama qildilar.

O‘rganish davomida deputatga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, muassasada mavjud masalalarni o‘rganish, yoshlarning musiqa va san’at yo‘nalishlariga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash hamda ular uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yaxshilash borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-637-son, 2020-yil 23-sentabr) ijrosini o‘rganish maqsadida tayyorlangan maxsus savolnoma asosida muassasada o‘rganish olib borildi.

O‘rganish jarayonida ta’lim jarayonining tashkil etilishi, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim oluvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, to‘garaklar faoliyati hamda ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan hamkorlikda yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularni madaniyat va san’at yo‘nalishlariga keng jalb etish hamda ta’lim jarayonida yoshlar manfaatlarini inobatga olish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar shakllantirilib, ularning ijrosi deputatlik nazorati doirasida kuzatib borilishi belgilandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3