Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SO‘Z ODOBI — EL ODOBI
янв.21
DEPUTATLIK FAOLIYATIGA OID HUJJATLAR TARTIBGA KELTIRILDI
янв.21
OILAVIY-MAISHIY ZO‘RAVONLIK VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida 2026-yilning uchinchi choragida oilaviy-maishiy zo‘ravonlik va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
MAHALLALARDA HUQUQBUZARLIKLARNING BARVAQT OLDINI OLISH CHORALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
NAMANGAN SHAHRIDA QONUNIYLIKNI MUSTAHKAMLASH VA JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA QARORLARI IJROSI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATI AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
SESSIYA QARORLARI IJROSINI TA’MINLASH MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
SESSIYADA QABUL QILINGAN QARORLAR IJROSI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YAKKASADA MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI AMALIY NATIJA BERMOQDA: CHORRAHAGA SVETOFOR O‘RNATILMOQDA
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan xonadon holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Axmedova tomonidan o‘z saylov okrugi hududiga qarashli “G‘alchasoy” mahalla fuqarolar yig‘inida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan aholi xonadonlarida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida Sherqadam ko‘chasi, 50a-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro M.Usmonovaning xonadoniga tashrif buyurilib, oilaning ijtimoiy holati va yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishildi.

Suhbat davomida oilaga bolalar nafaqasi tayinlangani hamda davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rsatilayotgani o‘rganildi.

Shuningdek, oilaga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan yordam ko‘rsatilgani, jumladan, xomiylik asosida xonadonni ta’mirlash va qurilish ishlari uchun shifer mahsulotlari olib berilgani ma’lum bo‘ldi.

O‘rganish davomida oilaning mavjud ehtiyojlari tinglanib, ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlarning holati va manzilliligi ko‘rib chiqildi. Fuqaroning ijtimoiy holatini kelgusida ham nazorat qilib borish masalalariga e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5