Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
RAVNAQ MFYDA FUQARO MUROJAATI O‘RGANILIB, MUAMMOLARNI HAL ETISH BO‘YICHA CHORALAR BELGILANDI
янв.21
MUAMMOLAR TINGLANDI, TASHABBUSLAR QO‘LLAB-QUVVATLANADI
янв.21
“BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!” — SOG‘LOM HAYOT TARZINI TARG‘IB ETUVCHI OMMAVIY TADBIR
янв.21
HAR BIR MAHALLADA BANDLIK VA KAMBAG‘ALLIK MASALASI — ANIQ NATIJA MEZONIDA
янв.21
KASB-HUNAR — MUNOSIB DAROMAD VA YANGI IMKONIYATLAR GAROVI
янв.21
NAMANGAN SHAHAR FHDYO BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” JARAYONINING 2-MAVSUMI YAKUNLARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
IMKONIYAT — YANGI HAYOT SARI OCHILGAN ESHIK
янв.21
OLIY MAJLIS SENATINING 19-YALPI MAJLISI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
IMKONIYAT — YANGI HAYOT SARI OCHILGAN ESHIK
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#162_ta_qonun
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#Doimiy_komissiya_faoliyatidan
⚖️ Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari


O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-562-son Qonuni xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlashning huquqiy asoslarini belgilaydi.

Mazkur Qonunning 3-moddasida gender sohasiga oid muhim tushunchalarga huquqiy ta’riflar berilgan.
🔹 Gender — xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida namoyon bo‘ladigan ijtimoiy jihati.
🔹 Gender statistikasi — xotin-qizlar va erkaklarning jamiyat hayoti va faoliyatining turli sohalaridagi holatini aks ettiruvchi, jinslar kesimida yuritiladigan ma’lumotlar.
🔹 Gender-huquqiy ekspertiza — normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash prinsiplariga muvofiqligi yuzasidan tahlil qilish.
🔹 Genderga oid audit — davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida teng huquq va imkoniyatlar kafolatlariga oid qonunchilik talablariga rioya etilishini o‘rganish va baholash.
🔹 Jins bo‘yicha bevosita kamsitish — xotin-qizlar va erkaklarning huquq hamda erkinliklarini tan olmaslikka qaratilgan har qanday farqlash, istisno etish yoki cheklash.
🔹 Jins bo‘yicha bilvosita kamsitish — bir jinsdagi shaxslarni boshqa jinsdagi shaxslarga nisbatan noqulayroq holatga tushirib qo‘yadigan vaziyat, shart yoki mezonlarni yaratish.
🔹 Genderga doir kompleks yondashuv — davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq tashkil etish.
🔹 Vaqtinchalik maxsus choralar esa jinslar o‘rtasidagi tengsizlikni bartaraf etish hamda xotin-qizlar va erkaklarning haqiqiy tengligini ta’minlashga qaratilgan huquqiy, tashkiliy va institutsiyaviy chora-tadbirlarni anglatadi.

📌 Qonunni bilish — huquq va imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanishning muhim shartidir. Teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash, kamsitishning oldini olish hamda qonun talablariga rioya etish har birimizning huquqiy madaniyatimiz bilan chambarchas bog‘liq.

Eshmurodova Zulfizar Xo‘shboqovna, Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi qoidalari masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, 21-“G‘urjak” saylov okrugi deputati.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 1