Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
RAVNAQ MFYDA FUQARO MUROJAATI O‘RGANILIB, MUAMMOLARNI HAL ETISH BO‘YICHA CHORALAR BELGILANDI
янв.21
MUAMMOLAR TINGLANDI, TASHABBUSLAR QO‘LLAB-QUVVATLANADI
янв.21
“BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!” — SOG‘LOM HAYOT TARZINI TARG‘IB ETUVCHI OMMAVIY TADBIR
янв.21
HAR BIR MAHALLADA BANDLIK VA KAMBAG‘ALLIK MASALASI — ANIQ NATIJA MEZONIDA
янв.21
KASB-HUNAR — MUNOSIB DAROMAD VA YANGI IMKONIYATLAR GAROVI
янв.21
NAMANGAN SHAHAR FHDYO BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” JARAYONINING 2-MAVSUMI YAKUNLARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
IMKONIYAT — YANGI HAYOT SARI OCHILGAN ESHIK
янв.21
OLIY MAJLIS SENATINING 19-YALPI MAJLISI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
IMKONIYAT — YANGI HAYOT SARI OCHILGAN ESHIK
FUQAROLAR MUHOFAZASI BO‘YICHA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI.

Xalq deputatlari Tuproqqal‘a tumani Kengashi deputati Fotima Otaxonovna Seydabullayeva tomonidan tumandagi korxona, tashkilot va muassasalarning mas‘ul xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-mayda qabul qilingan “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda bunday holatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, davra suhbati ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ularga to‘liq va batafsil javoblar oldilar.
Tadbir fuqarolar muhofazasi sohasidagi bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash hamda favqulodda vaziyatlarda aholining xavfsizligini ta‘minlash masalalariga e‘tibor qaratish maqsadida tashkil etildi.

Slide 1 of 2