Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi bog‘ faoliyati o‘rganildi
янв.21
mazkur topshiriqlar ijrosini Namangan shahrida tizimli va samarali tashkil etish maqsadida shahar shtabi tuzildi. Shtabga Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamolov rahbarlik qiladi.
янв.21
11-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaatlari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Belgilangan ish rejasining ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
1-sonli maktab faoliyati o‘rganildi
янв.21
Obi-Hayot mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Bilimlar kuni — yangi o‘quv yilining unutilmas boshlanishi
янв.21
CHORSU MAHALLASIDAGI 16-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA YAKUNIY QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI
Ichimlik suvi ta’minotidagi nosozlik joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash va ularning yechimini ta’minlash borasidagi deputatlik nazorati ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov ichimlik suvi quvurida yuzaga kelgan nosozlik holatini “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ Termiz shahar bo‘limi mutaxassislari ishtirokida joyiga chiqib o‘rgandi.

Muammoni joyida ko‘rish va mas’ullar bilan birgalikda uning yechimini belgilash orqali aholining ichimlik suvi bilan bog‘liq murojaatlariga amaliy yechim topishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan nosozlikni bartaraf etish, ichimlik suvi ta’minotini barqarorlashtirish hamda aholiga noqulaylik tug‘dirayotgan holatni imkon qadar qisqa muddatda hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va vazifalar belgilandi.

Deputatlik nazoratining bunday shakli hududlardagi muammolarni faqat o‘rganish bilan cheklanib qolmasdan, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularning amaliy yechimini ta’minlashga qaratilmoqda.