Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
RAVNAQ MFYDA FUQARO MUROJAATI O‘RGANILIB, MUAMMOLARNI HAL ETISH BO‘YICHA CHORALAR BELGILANDI
янв.21
MUAMMOLAR TINGLANDI, TASHABBUSLAR QO‘LLAB-QUVVATLANADI
янв.21
“BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!” — SOG‘LOM HAYOT TARZINI TARG‘IB ETUVCHI OMMAVIY TADBIR
янв.21
HAR BIR MAHALLADA BANDLIK VA KAMBAG‘ALLIK MASALASI — ANIQ NATIJA MEZONIDA
янв.21
KASB-HUNAR — MUNOSIB DAROMAD VA YANGI IMKONIYATLAR GAROVI
янв.21
NAMANGAN SHAHAR FHDYO BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” JARAYONINING 2-MAVSUMI YAKUNLARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
IMKONIYAT — YANGI HAYOT SARI OCHILGAN ESHIK
янв.21
OLIY MAJLIS SENATINING 19-YALPI MAJLISI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
IMKONIYAT — YANGI HAYOT SARI OCHILGAN ESHIK
O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi


O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi raisi R.Djumanova tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Navbatdagi o‘rganish ishlari tuman hududidagi Tinchlik mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirildi.

O‘rganish davomida mahallada istiqomat qilayotgan yoshlar bilan ishlash tizimi, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, bandligini oshirish, ta’lim olishi va kasb-hunar egallashi uchun yaratilgan sharoitlar, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi ishlar e’tibor markazida bo‘ldi.

“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunda yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko‘maklashish, sifatli ta’lim olishi hamda bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlari sifatida belgilangan.

Yoshlar — jamiyatning faol va istiqbolli qatlami. Ularning bilim olishi, kasb egallashi, mehnat qilishi va o‘z salohiyatini to‘laqonli namoyon etishi uchun zarur sharoitlarni yaratish esa kelajak taraqqiyotining muhim omilidir.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 4