NARX-NAVOLAR HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E. Babayev tomonidan Mustaqillik mahallasida joylashgan o‘quv qurollari do‘konidagi narx-navolar holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida o‘quv qurollarining amaldagi narxlari, savdo sharoitlari hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holatiga e’tibor qaratildi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, narxlarning asossiz oshirilishining oldini olish va iste’molchilar manfaatlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.