Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sardoba" bozorida narx-navo va mahsulotlar ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Jamoat transporti xizmatlari holati o‘rganildi
янв.21
Namangan shahrida yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining XXV sessiyasi boshlanish arafasida
янв.21
"Baby Life" xususiy maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi
янв.21
Namangan shahar 15-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta'lim tizimini rivojlantirish
янв.21
G‘ishtko‘prik mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Uchqun mahallasida hududdagi mavjud muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Ozod mahallasida yog‘och tayanch ustunlarni temir-beton tayanch ustunlarga almashtirish masalasi o‘rganildi
янв.21
Tibbiyot xodimlarining kasbiy salohiyati o‘rganildi
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi

#Madad_NNT_faoliyati

“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Donayev tuman Davlat xizmatlari markazida faoliyat yuritayotgan “Madad” muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida tashkilot tomonidan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan huquqiy maslahat va amaliy ko‘mak, murojaatlarni qabul qilish, ularni ko‘rib chiqish hamda fuqarolarga zarur huquqiy tushuntirishlar berish jarayonlari o‘rganildi.

Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar bevosita tinglanib, ko‘tarilgan masalalarning mazmuni va ularni hal etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Murojaatlarni o‘z vaqtida, sifatli va qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqish, fuqarolarga huquqiy tushuntirish hamda amaliy yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, huquqiy maslahat va amaliy ko‘mak ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2