Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ilg‘or” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
.IIlg‘or” mahallasida obodonlashtirish masalalari ko‘cha-mahalla kesimida o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi muammolar o‘rganildi
янв.21
Belgilangan ish rejasining ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Yosh tadbirkorlar bilan ochiq muloqot
янв.21
3-sonli oilaviy poliklinikada ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Ozod” MFYda ichki yo‘llar va yo‘l infratuzilmasi holati o‘rganildi
янв.21
Namanganda mahalliy ishlab chiqarish va aholi bandligini ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda
янв.21
Namanganda "Hunarmandlar markazi" va turistik ko‘cha barpo etilishi rejalashtirilmoqda
янв.21
Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
MAVIS - EKSPORT SALOHIYATI VA XALQARO BOZORGA CHIQISH IMKONIYATLARI

#deputatlik_faoliyati_Uchtepa #haftalik_ish_reja_ijrosi

MAVIS - EKSPORT SALOHIYATI VA XALQARO BOZORGA CHIQISH IMKONIYATLARI

🇺🇿 Uchtepa tumanida faoliyat yuritayotgan “MAVIS” qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonasining ishlab chiqarish salohiyati, eksport faoliyati hamda xalqaro bozorlardagi o‘rnini kengaytirish masalalari o‘rganildi. Mazkur jarayonda Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Umid Yakubxo‘jayev hamda Oliy Majlis deputati yordamchisi Mirabbos Mansurov ishtirok etdi.

🤔 Uchrashuv davomida korxonaning faoliyati, ishlab chiqarish liniyalari, mahsulot turlari va eksport salohiyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan mutaxassislar bilan suhbat o‘tkazildi. Korxonada karamel, pechenye, zefir, sufle, marmelad, shokolad va boshqa qandolat mahsulotlari ishlab chiqarilishi, mahsulot assortimentining 100 dan ortiq turga yetgani qayd etildi.

↗️ Suhbat davomida korxonaning nafaqat ichki bozor, balki tashqi bozorlardagi faoliyatini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, korxona mahsulotlarining MDH davlatlari bilan bir qatorda Mongoliya, Iroq, Armaniston kabi mamlakatlarga ham eksport qilinayotgani ta’kidlandi. Tashqi savdo ma’lumotlarida ham O‘zbekistonning qandolat mahsulotlari eksporti tarkibida ushbu davlatlar qayd etilgan.

📊 Muloqot davomida Jahon savdo tashkilotiga integratsiya jarayonida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport imkoniyatlarini kengaytirish, mahsulotlarning xalqaro bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish, ishlab chiqarish liniyalarini modernizatsiya qilish va yangi bozorlarni o‘zlashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

📈 Shuningdek, korxona vakillari tomonidan ishlab chiqarish va eksport faoliyatida yechimini kutayotgan ayrim masalalar ham bildirildi. Ushbu masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish, amaliy yechimlar ishlab chiqish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlarini yanada kengaytirish muhimligi qayd etildi.

📈 Bunday o‘rganishlar tadbirkorlik subyektlarining amaliy muammolarini bevosita joyida aniqlash, ularni parlament darajasida muhokama qilinishi mumkin bo‘lgan masalalar qatoriga olib chiqish hamda eksportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2