#kunlik_ish_reja_ijrosi
#Biriktirilgan_tashkilot
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
Bandixon tumanida deputatlik nazorati: DXM va FHDYO bo‘limlari faoliyati hamda uy-joy huquqlarini rasmiylashtirish masalalari o‘rganildi
✅Bandixon tumanida aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yanada yaxshilash, fuqarolarning uy-joy va ko‘chmas mulkka bo‘lgan qonuniy huquqlarini e’tirof etish hamda idoralar faoliyatining shaffofligini ta’minlash maqsadida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.
✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov tumandagi Davlat xizmatlari markazi hamda FHDYO bo‘limida bo‘lib, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar va fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar jarayonini ko‘zdan kechirdi.
✅Monitoring davomida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonunchilik talablariga rioya etilishi, murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari hamda elektron xizmatlardan foydalanish darajasi tahlil qilindi. Shuningdek, fuqarolarning o‘z uy-joylariga nisbatan egalik huquqini e’tirof etish bilan bog‘liq masalalari tinglanib, ularga huquqiy ko‘mak ko‘rsatildi.
✅O‘rganish natijalari bo‘yicha idoralar faoliyatini yanada takomillashtirish, aholiga qulayliklar yaratish va murojaatlar bilan ishlash intizomini mustahkamlash yuzasidan mutasaddi xodimlarga tegishli tavsiyalar berildi.