Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ilg‘or” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
.IIlg‘or” mahallasida obodonlashtirish masalalari ko‘cha-mahalla kesimida o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi muammolar o‘rganildi
янв.21
Belgilangan ish rejasining ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Yosh tadbirkorlar bilan ochiq muloqot
янв.21
3-sonli oilaviy poliklinikada ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Ozod” MFYda ichki yo‘llar va yo‘l infratuzilmasi holati o‘rganildi
янв.21
Namanganda mahalliy ishlab chiqarish va aholi bandligini ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda
янв.21
Namanganda "Hunarmandlar markazi" va turistik ko‘cha barpo etilishi rejalashtirilmoqda
янв.21
Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-sentyabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishi hamda 2026-yil 11-sentyabrdagi PF-193-son Farmoniga asosan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat D.Xolmurotov tomonidan tumanning “Dadaboyev” mahallasidan “Ijtimoiy himoya reyestri”ga kiritilgan oilalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

🔻O‘rganish jarayonida mahalladan “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalar soni, ularning toifalari hamda oilalar bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar ko‘rib chiqildi. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur mahallada jami 26 ta oila “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan bo‘lib, ularning 8 tasi davlat ta’minotidagi oila, 17 tasi kambag‘al oila, 1 tasi kambag‘allik chegarasidagi oila toifasiga mansub.

🔻O‘rganish doirasida 3 ta oilaning holati alohida ko‘rib chiqildi. O‘rganish natijasida ushbu oilalardan birida oila a’zosiga imtiyozli kredit ajratilgani va bu orqali oilaning daromad manbaini shakllantirishga ko‘mak ko‘rsatilgani ma’lum bo‘ldi. Yana bir oilada esa oila a’zolaridan birining o‘zini o‘zi band qilgani aniqlandi. Bu esa oilaning mehnat faolligi va daromad manbalarini oshirishga qaratilgan amaliy choralardan biri sifatida qayd etildi.

🔻O‘rganish davomida kambag‘al va kambag‘allik chegarasidagi oilalar bilan ishlashda ularni faqat ijtimoiy ko‘mak bilan ta’minlash emas, balki mehnatga layoqatli a’zolarini ish bilan ta’minlash, o‘zini o‘zi band qilish, kasb-hunar o‘rganish hamda daromad keltiruvchi faoliyatga jalb etishga qaratilgan choralarni kuchaytirish zarurligiga e’tibor qaratildi.

🔻Deputat tomonidan mas’ullarga “Ijtimoiy reestr”ga kiritilgan oilalarning holatini muntazam ravishda o‘rganib borish, har bir oilaning ehtiyojini alohida baholash va mavjud muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2