Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jamoat transporti xizmatlari holati o‘rganildi
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGINING NAMANGAN SHAHAR BO‘LIMIDA TEGISHLI QAROR VA TOPSHIRIQLAR IJROSI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qaror ilovasida belgilangan xonadonlarda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Dashtbog‘” mahallasida kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Bolalar ombudsmani faoliyati bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
MAHALLA INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Haftalik_ish_reja
📌 Deputatlik so‘rovi yuborildi


🗣 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 8-“Mehnatobod” saylov okrugi deputati S.Irisovga “Mehnatobod” mahallasida yashovchi fuqarolar tomonidan og‘zaki murojaat qilindi.

Murojaatda 75V063 xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining “Mehnatobod” va “Gulchinor” mahallalari hududidan o‘tuvchi qismi ta’mirtalab holatga kelgani, yo‘l qoplamasining ayrim qismlarida nosozliklar mavjudligi qayd etilgan.

📍 Fuqarolar tomonidan mazkur yo‘l qismini ta’mirlash yoki asfaltlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqish, amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar hamda ularning muddatlari haqida yozma ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

📝 Shu munosabat bilan, murojaatda ko‘tarilgan masalani o‘rganish va uni hal etishda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida “Yo‘llardan foydalanish korxonasi” DMga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3