«Pastom» mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashi kotibiyat mudiri X.R.Sultonov «Pastom» mahallasidan saylangan tuman Kengashi deputati Zafarbek Dovlatov bilan birgalikda deputatlik okrugida ko‘chama-ko‘cha yurib, fuqarolarning muammo va murojaatlarini o‘rgandilar.
O‘rganish davomida aholi tomonidan ko‘tarilgan muammoli masalalar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan takliflar muhokama qilindi.
O‘rganish natijalari asosida aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida masʼul tashkilotlarga belgilangan tartibda deputat so‘rovlari yuborishga kelishib olindi.