Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jamoat transporti xizmatlari holati o‘rganildi
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGINING NAMANGAN SHAHAR BO‘LIMIDA TEGISHLI QAROR VA TOPSHIRIQLAR IJROSI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Jamoat transporti xizmatlari holati o‘rganildi
янв.21
23-sonli umumta’lim maktabining sport zali faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiyo‘l” MFYda “Yettilik” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yosh iste’dodlar faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Deputat va Kengash kotibiyati tomonidan hududdagi muammolar o‘rganildi
янв.21
Mahalla – islohotlar markazida: mahalliy vakillik organlari va “mahalla yettiligi”ning hamjihat faoliyati” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
DEPUTAT NAZORATI

DEPUTAT NAZORATI

Ijtimoiy himoya va fuqarolarning turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar doirasida Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati O. Artiqova "Ko‘ktom" mahallasida bo‘lib, "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimida ro‘yxatda turuvchi Munisa Masharipova xonadonida o‘rganish o‘tkazdi.
Suhbat jarayonida oilaning ijtimoiy-maishiy sharoitlari, bandligini ta'minlash va daromad manbaini kengaytirish masalalari diqqat markazida bo‘ldi. Xususan, oilaning tomorqadan samarali foydalanish va tadbirkorlik faoliyatini boshlash orqali moddiy ahvolini yaxshilash maqsadida imtiyozli kredit olish bo‘yicha qilgan murojaati va uning ko‘rib chiqilish jarayoni joyida o‘rganib chiqildi.
Davlatimiz siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan ijtimoiy adolat va aholini qo‘llab-quvvatlash tamoyiliga muvofiq, fuqarolarning bunday tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning qonuniy manfaatlarini ta'minlash doimiy deputatlik nazoratida bo‘ladi.