Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jamoat transporti xizmatlari holati o‘rganildi
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGINING NAMANGAN SHAHAR BO‘LIMIDA TEGISHLI QAROR VA TOPSHIRIQLAR IJROSI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qaror ilovasida belgilangan xonadonlarda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Dashtbog‘” mahallasida kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Bolalar ombudsmani faoliyati bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
MAHALLA INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#PF_193_son_Farmon_ijrosi
#Oylik_Ish_reja_ijrosi
BOG‘IOBOD MAHALLASIDA DEPUTATLIK NAZORATI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi, 25-Tallashqon saylov okrugidan saylangan deputat Tursunov Otabek Tojiyevich o‘ziga biriktirilgan «Boyqishloq» mahallasida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-son Farmoni ijrosi yuzasidan mahallada amalga oshirilayotgan ishlarni maxsus savolnoma asosida o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida mahallada:
🔹 barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash;
🔹 aholining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi;
🔹 kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish;
🔹 kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish;
🔹 kredit, subsidiya va boshqa moliyaviy resurslardan samarali foydalanish;
🔹 amalga oshirilayotgan loyihalarning natijadorligi
kabi yo‘nalishlar bo‘yicha holat tahlil qilindi.

📊 Savolnoma asosida o‘rganish davomida belgilangan vazifalarning amaliy ijrosi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mahallada yaratilgan ish o‘rinlari, aholining daromadlarini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda tadbirkorlik loyihalarining samaradorligi yuzasidan tegishli ma’lumotlar o‘rganildi.

🤝 Aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va natijadorlikni oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — har bir belgilangan vazifaning amaliy natijasini ta’minlash va aholi farovonligini oshirish.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram |

Slide 1 of 5