Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
RAVNAQ MFYDA FUQARO MUROJAATI O‘RGANILIB, MUAMMOLARNI HAL ETISH BO‘YICHA CHORALAR BELGILANDI
янв.21
MUAMMOLAR TINGLANDI, TASHABBUSLAR QO‘LLAB-QUVVATLANADI
янв.21
“BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!” — SOG‘LOM HAYOT TARZINI TARG‘IB ETUVCHI OMMAVIY TADBIR
янв.21
HAR BIR MAHALLADA BANDLIK VA KAMBAG‘ALLIK MASALASI — ANIQ NATIJA MEZONIDA
янв.21
KASB-HUNAR — MUNOSIB DAROMAD VA YANGI IMKONIYATLAR GAROVI
янв.21
NAMANGAN SHAHAR FHDYO BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” JARAYONINING 2-MAVSUMI YAKUNLARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
IMKONIYAT — YANGI HAYOT SARI OCHILGAN ESHIK
янв.21
OLIY MAJLIS SENATINING 19-YALPI MAJLISI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
IMKONIYAT — YANGI HAYOT SARI OCHILGAN ESHIK
🔽Bandlik va imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi

#deputat_faoliyati

🔽Bandlik va imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov hamkorligida “Murg‘ak” mahallasida aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish hamda imtiyozli kredit mablag‘laridan samarali foydalanish masalalari o‘rganildi.
👉O‘rganish davomida mahallada ishsiz va bandligi ta’minlanmagan fuqarolarni mehnat faoliyatiga jalb etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar tahlil qilindi.
👉Shuningdek, fuqarolarni imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan issiqxonalar bilan ta’minlash holatiga alohida e’tibor qaratildi. Ajratilgan mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi, issiqxonalardan samarali foydalanish, mahsulot yetishtirish va shu orqali oilalar daromadini oshirish masalalari yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.
👉Aniqlangan masalalarni bartaraf etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda aholi bandligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
👉Aholi bandligini ta’minlash va oilaviy daromadlarni oshirishga qaratilgan ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 4