Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
RAVNAQ MFYDA FUQARO MUROJAATI O‘RGANILIB, MUAMMOLARNI HAL ETISH BO‘YICHA CHORALAR BELGILANDI
янв.21
MUAMMOLAR TINGLANDI, TASHABBUSLAR QO‘LLAB-QUVVATLANADI
янв.21
“BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!” — SOG‘LOM HAYOT TARZINI TARG‘IB ETUVCHI OMMAVIY TADBIR
янв.21
HAR BIR MAHALLADA BANDLIK VA KAMBAG‘ALLIK MASALASI — ANIQ NATIJA MEZONIDA
янв.21
KASB-HUNAR — MUNOSIB DAROMAD VA YANGI IMKONIYATLAR GAROVI
янв.21
NAMANGAN SHAHAR FHDYO BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” JARAYONINING 2-MAVSUMI YAKUNLARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
IMKONIYAT — YANGI HAYOT SARI OCHILGAN ESHIK
янв.21
OLIY MAJLIS SENATINING 19-YALPI MAJLISI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
IMKONIYAT — YANGI HAYOT SARI OCHILGAN ESHIK
Ma’naviyat va ma’rifat markazining tuman bo‘linmasi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat F.Axmedov tomonidan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi faoliyati o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida bo‘linmaning aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini oshirish, milliy qadriyatlar va ajdodlar merosini keng targ‘ib qilish yo‘nalishida olib borayotgan ishlari haqida ma’lumotlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, bo‘linmada tashkil etilgan Jadidchilar burchagi alohida ko‘rib chiqildi. Unda jadidchilik harakati, uning namoyandalari, milliy ma’rifat va ta’lim taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi haqidagi ma’lumotlar joylashtirilgani bilan tanishildi. Mazkur burchak yosh avlodda milliy tariximiz va ma’naviy merosimizga qiziqishni oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

🔻Bo‘linmadagi kutubxona faoliyati ham o‘rganilib, kitob mutolaasi uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Kutubxonadan foydalanuvchilar uchun zarur imkoniyatlar mavjudligi, kitob o‘qish va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish uchun qulay muhit yaratilgani qayd etildi. Shu bilan birga, bo‘linmada tashkil etilgan shaxmatchilar xonasi ham ko‘zdan kechirildi. Ushbu xonada shaxmat bilan shug‘ullanish, aholi va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun zarur sharoitlar yaratilgani aniqlandi.

🔻Deputat tomonidan mavjud sharoitlar, xonalarning holati va ulardan samarali foydalanish masalalari ham ko‘zdan kechirildi. O‘rganish natijasiga ko‘ra, bo‘linmada faoliyat olib borish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish, kitob mutolaasi va shaxmat bilan shug‘ullanish uchun zarur sharoitlar yaxshi darajada ekani qayd etildi

Slide 1 of 3