Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ozod” MFYda ichki yo‘llar va yo‘l infratuzilmasi holati o‘rganildi
янв.21
Namanganda mahalliy ishlab chiqarish va aholi bandligini ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda
янв.21
Namanganda "Hunarmandlar markazi" va turistik ko‘cha barpo etilishi rejalashtirilmoqda
янв.21
Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILIB, MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH CHORALARI BELGILANDI
янв.21
Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini namunali tashkil etish to‘g‘risida”gi KQ-51-V-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISH ISHLARI O‘TKAZILDI
янв.21
Bepul dori vositalari bilan ta'minlash holati deputatlik nazoratida (https://t.me/Namanganshaharkengashi/10014) (https://t.me/Namanganviloyatikengashi/14694)
янв.21
Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Namangan shahrida yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar holati o‘rganildi
“Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi

“Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati K.Djumanazarova hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov tomonidan “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustdagi O‘RQ-662-II-sonli “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni talablarining amaliyotdagi ijrosi, fermer xo‘jaliklari faoliyatini tashkil etish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda xo‘jalik yuritish uchun yaratilgan shart-sharoitlar masalalariga e’tibor qaratildi.

Fermer xo‘jaliklarining yer resurslaridan samarali va oqilona foydalanishi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda belgilangan talablarga rioya etishi, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va unumdorligini saqlash borasidagi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida fermer xo‘jaliklari faoliyatida qonunchilik talablariga rioya etish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni qonuniy asosda hal etish, shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalari yuzasidan tegishli fikr va takliflar bildirildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 2