Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
RAVNAQ MFYDA FUQARO MUROJAATI O‘RGANILIB, MUAMMOLARNI HAL ETISH BO‘YICHA CHORALAR BELGILANDI
янв.21
MUAMMOLAR TINGLANDI, TASHABBUSLAR QO‘LLAB-QUVVATLANADI
янв.21
“BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!” — SOG‘LOM HAYOT TARZINI TARG‘IB ETUVCHI OMMAVIY TADBIR
янв.21
HAR BIR MAHALLADA BANDLIK VA KAMBAG‘ALLIK MASALASI — ANIQ NATIJA MEZONIDA
янв.21
KASB-HUNAR — MUNOSIB DAROMAD VA YANGI IMKONIYATLAR GAROVI
янв.21
NAMANGAN SHAHAR FHDYO BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” JARAYONINING 2-MAVSUMI YAKUNLARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
IMKONIYAT — YANGI HAYOT SARI OCHILGAN ESHIK
янв.21
OLIY MAJLIS SENATINING 19-YALPI MAJLISI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
IMKONIYAT — YANGI HAYOT SARI OCHILGAN ESHIK
“Rayhon” mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Xasanova tomonidan “Rayhon” mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli X.Aliyevaning faoliyati hamda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-561-sonli “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Uchrashuv va o‘rganish jarayonlarida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva, Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov, kotibiyat bosh mutaxassislari A.Adhamov hamda X.Abdullayevlar tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

O‘rganish davomida mahalla xotin-qizlar faoli X.Aliyeva tomonidan qonun ijrosini ta’minlash, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda ehtiyojmand ayollarga amaliy yordam ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Jumladan, hisobot davrida:

2 nafar xotin-qizga imtiyozli kredit ajratilishiga ko‘maklashilgan;

8 nafar xotin-qizga profilaktika inspektori tomonidan himoya orderi rasmiylashtirilgan;

️135 nafar xotin-qizga Qo‘qon shahar Adliya bo‘limi bilan hamkorlikda huquqiy yordam ko‘rsatilgan;

11 nafar ehtiyojmand xotin-qizning bandligi ta’minlangan;

2 nafar xotin-qizga vaucher asosida ijara to‘lovlarini amalga oshirishda yordam ko‘rsatilgan;

8 ta ajrim yoqasidagi oilani yarashtirishga erishilgan.

Shuningdek, uchrashuv davomida xotin-qizlarning qonunchilikda belgilangan imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanishi, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi, huquqiy himoya mexanizmlari hamda ehtiyojmand xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4