Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ilg‘or” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
.IIlg‘or” mahallasida obodonlashtirish masalalari ko‘cha-mahalla kesimida o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi muammolar o‘rganildi
янв.21
Belgilangan ish rejasining ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Yosh tadbirkorlar bilan ochiq muloqot
янв.21
3-sonli oilaviy poliklinikada ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Ozod” MFYda ichki yo‘llar va yo‘l infratuzilmasi holati o‘rganildi
янв.21
Namanganda mahalliy ishlab chiqarish va aholi bandligini ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda
янв.21
Namanganda "Hunarmandlar markazi" va turistik ko‘cha barpo etilishi rejalashtirilmoqda
янв.21
Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
«Zartepa» mahallasida infratuzilma va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

#Yangi_Ozbekiston_qiyofasi #murojaatlar_daftari
#nazorat_tahlil #kotibiyat_xodimi_faoliyati #kunlik_ish_reja_ijrosi

«Zartepa» mahallasida infratuzilma va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 16-Guliston saylov okrugidan saylangan deputat Y. Bo‘ronovning saylov okrugidagi «Zartepa» mahallasida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Donayev mahalla raisi bilan birgalikda Hurmatli Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, har bir ko‘cha va xonadonni «Yangi O‘zbekiston qiyofasi»ga keltirish, hududlarni obodonlashtirish hamda mavjud muammolarni aniqlash maqsadida o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganish davomida mahalladagi infratuzilma holati, ko‘chalar va hududlarni obodonlashtirish, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, hududning sanitariya-obodonlashtirish holati, piyodalar harakati uchun yaratilgan sharoitlar hamda aholi kundalik hayotida muhim bo‘lgan infratuzilma obyektlariga e’tibor qaratildi.

Mahallada barpo etilgan ikkita yangi ko‘prik ham ko‘zdan kechirildi. Mazkur ko‘priklarning barpo etilishi hudud aholisi, xususan, piyodalar va o‘quvchilarning xavfsiz hamda qulay harakatlanishi uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratgani qayd etildi.

Shuningdek, mahallada aholi tashabbusi va hashar yo‘li bilan barpo etilgan piyodalar yo‘lakchasining holati o‘rganilib, undan aholining foydalanishi, yo‘lakning qulayligi va hudud infratuzilmasidagi ahamiyati bilan tanishildi.

O‘rganish davomida mahallani yanada obodlashtirish, mavjud infratuzilmani yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Aniqlangan masalalar deputatning murojaatlar daftariga qayd etilib, deputatlik nazorati doirasida kuzatib borilishi belgilandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 7