Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jamoat transporti xizmatlari holati o‘rganildi
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGINING NAMANGAN SHAHAR BO‘LIMIDA TEGISHLI QAROR VA TOPSHIRIQLAR IJROSI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qaror ilovasida belgilangan xonadonlarda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Dashtbog‘” mahallasida kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Bolalar ombudsmani faoliyati bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
MAHALLA INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA JAVOB OLINDI

Joriy yil 1-sentabr holatiga shaharda 13 473 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs ro‘yxatda bo‘lib, bu ko‘rsatkich yil boshiga nisbatan 298 nafarga, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 134 nafarga kamaygan. Shundan 1 812 nafari nogironligi bo‘lgan bolalar hisoblanadi.

Joriy yil davomida 512 nafar fuqaroga birlamchi nogironlik belgilangan. Ular orasida xavfli o‘smalar — 98 nafar, qon aylanish tizimi kasalliklari — 77 nafar, ruhiy kasalliklar — 58 nafar, endokrin kasalliklar — 51 nafar, asab tizimi hamda suyak-mushak tizimi kasalliklari — 44 nafardan tashkil etgan.

Reabilitatsiya yo‘nalishida 58 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs to‘liq sog‘lomlashtirilgan, 255 nafar fuqaroning nogironlik guruhi yengillashtirilgan. Tibbiyot birlashmalaridagi reabilitatsiya bo‘limlarida esa 293 nafar fuqaro sog‘lomlashtirilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-apreldagi 253-son qarori asosida 431 nafar fuqaroga 606 ta protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari berilgan. Jumladan, 159 nafar fuqaro nogironlik aravachasi, 36 nafari eshitish apparati, 16 nafari boldir protezi, 106 nafari xassa va qo‘ltiq tayoqlari, 23 nafari korset hamda 35 nafari ko‘krak protezlari bilan ta’minlangan.

Bandlik masalasida esa 2026-yil davomida 968 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaro ishlash istagini bildirgan va ish izlovchilar reyestriga kiritilgan. Shundan 324 nafar fuqaro ishga joylashtirilgan.

️ Markaz tomonidan fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha ham tizimli ishlar olib borilmoqda. Yil boshidan 33 768 nafar fuqarodan arizalar qabul qilingan, 21 448 ta ariza bo‘yicha xizmat ko‘rsatilgan, 3 514 ta ariza o‘rganish jarayonida. Murojaat qilgan fuqarolarning 5 922 nafari nogironligi bo‘lgan shaxslarni tashkil etadi.

️ Shuningdek, “Ijtimoiy reyestr” orqali nogironligi bo‘lgan fuqarolarni aniqlash, ularning ehtiyojlarini o‘rganish hamda ularga manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish ishlari yo‘lga qo‘yilgani qayd etilgan.

Taqdim etilgan ma’lumotlar deputat tomonidan o‘rganilib, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish, reabilitatsiya qilish va bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazoratiga olindi.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi