Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jamoat transporti xizmatlari holati o‘rganildi
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGINING NAMANGAN SHAHAR BO‘LIMIDA TEGISHLI QAROR VA TOPSHIRIQLAR IJROSI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qaror ilovasida belgilangan xonadonlarda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Dashtbog‘” mahallasida kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Bolalar ombudsmani faoliyati bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
MAHALLA INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK BO‘YICHA HISOBOTLAR KO‘RIB CHIQILDI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi raisi, deputat X. Tilakov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov hamda Kengash ekspert guruhi a’zosi I. Mansurov ishtirokida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilayotgan masala doirasida tuman tashkilotlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan taqdim etilgan hisobotlari ko‘rib chiqildi.

Ko‘rib chiqish jarayonida tuman hududidagi ijtimoiy soha obyektlari, ta’lim muassasalari, tibbiyot tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlarda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish uchun amalga oshirilgan tayyorgarlik ishlari tahlil qilindi.

Jumladan, issiqlik tizimlari va qozonxonalar holati, yoqilg‘i zaxiralari, ko‘mir va boshqa zarur resurslar bilan ta’minlanganlik, elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti, bino va inshootlarning mavsumga tayyorgarligi kabi masalalarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning amaldagi holatga muvofiqligi, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar muhokama qilindi.

Kengash ekspert guruhi a’zosi I. Mansurov tomonidan taqdim etilgan hisobotlar tahliliy jihatdan ko‘rib chiqilib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish zarurligi qayd etildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish uchun zarur choralarni ko‘rish hamda mas’ul tashkilotlar tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur masala navbatdagi Kengash doimiy komissiyasida muhokama qilish uchun tayyorlanib, o‘rganish natijalari va ekspert guruhining takliflari komissiya ishtirokchilariga taqdim etilishi belgilandi.

Slide 1 of 2