Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sardoba" bozorida narx-navo va mahsulotlar ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Jamoat transporti xizmatlari holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N.Ubaydullayev tomonidan aholi bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
Olvalizor mahallasining ichki ko‘chalarida asfaltlash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda.
янв.21
“Yangiobod” mahallasidagi tikuvchilik sexi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Namangan viloyati Bolalar ftiziatriya sihatgohi hududi o‘rganildi
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
"Olvalizor" mahallasida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi R.Isakov tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi
“Ogohlik va hamkorlik — odam savdosi hamda kiberjinoyatlarga qarshi kurashning muhim garovi”
“Ogohlik va hamkorlik — odam savdosi hamda kiberjinoyatlarga qarshi kurashning muhim garovi”

Kogon shahrida mazkur mavzuga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlari M. To‘raboyev, Sh. Isamutdinov va J. To‘rayevlar, “Adolat” SDP Buxoro viloyati hamda Kogon shahar Kengashlari bilan hamkorlikda odam savdosining oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va huquqiy targ‘ibotni kuchaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Tadbir davomida ichki ishlar organi xodimi tomonidan odam savdosi va bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri — kiberjinoyatlar bo‘yicha mazmunli ma’ruza qilindi. Unda zamonaviy texnologiyalardan foydalanayotgan firibgarlarning usullari, internetdagi xavf-xatarlar va ulardan himoyalanish yo‘llari haqida muhim tushunchalar berildi.

Bunday uchrashuvlar fuqarolarning huquqiy bilimini oshirish, hushyorlik va ogohlikni kuchaytirish hamda jinoyatchilikning oldini olishda barcha kuch va vositalarni birlashtirishga xizmat qiladi.

Zero, ogohlik — xavfsizlik, hamjihatlik esa kuchdir!

🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash