Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Belgilangan ish rejasining ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Yosh tadbirkorlar bilan ochiq muloqot
янв.21
3-sonli oilaviy poliklinikada ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Ozod” MFYda ichki yo‘llar va yo‘l infratuzilmasi holati o‘rganildi
янв.21
Namanganda mahalliy ishlab chiqarish va aholi bandligini ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda
янв.21
Namanganda "Hunarmandlar markazi" va turistik ko‘cha barpo etilishi rejalashtirilmoqda
янв.21
Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILIB, MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH CHORALARI BELGILANDI
янв.21
Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini namunali tashkil etish to‘g‘risida”gi KQ-51-V-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISH ISHLARI O‘TKAZILDI
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#162_ta_qonun
#Oylik_Ish_reja_ijrosi
#Ish_reja_ijrosi
🏘 Aholi xonadonma-xonadon o‘rganilmoqda


🤝 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 17-G‘ambur saylov okrugi deputati S.To‘rayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S.Safarov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Barqaror ish o‘rinlarini yaratish va kichik biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–193-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “G‘ambur” mahallasida xatlov ishlari olib borilmoqda.

🚶‍♂️ Xatlov jarayonida mahalla faoli bilan birgalikda xonadonma-xonadon yurib, aholining bandligi, daromad manbalari va mavjud imkoniyatlari o‘rganilmoqda.

📋 O‘rganish davomida aniqlangan muammo va ehtiyojlar qayd etilib, ularni hal etish, aholi bandligini ta’minlash hamda daromadlarini oshirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilanmoqda.

📌 Maqsad — har bir xonadonning muammosi va imkoniyatini o‘rganish, aholi bandligi hamda farovonligini oshirishga ko‘maklashish.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3