Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududda yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildiHududda yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Yaxshilik marafoni” — inson qadri uchun xizmat qilayotgan amaliy tashabbus
янв.21
“Deputatlik minbari” loyihasi doirasida jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi
янв.21
Chust tumanida qurilish va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Namanganda yangi turizm va xizmat ko‘rsatish ko‘chasi barpo etiladi
янв.21
“Lola” mahallasida obodonlashtirish ishlari yangi bosqichda
янв.21
Hududda chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Prezident qarori ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlariga aniq chora-tadbirlar belgilandi
янв.21
Jamoat transporti tizimi o‘rganildi va tahlil qilindiJamoat transporti tizimi o‘rganildi va tahlil qilindi
Maktab kutubxonasining faoliyati o‘rganildi

Maktab kutubxonasining faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 2-Yangi O‘zbekiston saylov okrugi deputati O‘.Omonov saylangan Yangi obod MFU hududidagi 34-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan, maktab kutubxonasining holati va faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish ishlari tuman Kengashi mutaxassisi A.Abdullayeva tomonidan amalga oshirilib, kutubxonadagi mavjud adabiyotlar, o‘quvchilarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda kutubxonadan foydalanish holatiga e’tibor qaratildi.

Mazkur maktabda 560 nafar o‘quvchi, jumladan, 278 nafar o‘g‘il va 282 nafar qiz tahsil olmoqda. O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish borasidagi imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

Zamonaviy va boy kutubxona — bilimli, ma’rifatli yoshlar tarbiyasining muhim maskani bo‘lib, bu kabi sharoitlar “Yangi O‘zbekiston” qiyofasini ta’lim muassasalarida amalda aks ettirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4