Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jamoat transporti xizmatlari holati o‘rganildi
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGINING NAMANGAN SHAHAR BO‘LIMIDA TEGISHLI QAROR VA TOPSHIRIQLAR IJROSI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qaror ilovasida belgilangan xonadonlarda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Dashtbog‘” mahallasida kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Bolalar ombudsmani faoliyati bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
MAHALLA INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA BARQAROR DAROMAD MANBALARINI YARATISH — DEPUTAT E’TIBORIDA

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA BARQAROR DAROMAD MANBALARINI YARATISH — DEPUTAT E’TIBORIDA

🏛 Oliy Majlis Senatining joriy yil 22-sentabrdagi 22-06/3823-sonli ko‘rsatma xatiga muvofiq, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva Mirobod tumanidagi “Yuksalish” mahallasida aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

🔺 O‘rganish jarayonida asosiy e’tibor mahalladagi band bo‘lmagan fuqarolar uchun yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, ularni doimiy va barqaror daromad manbalari bilan ta’minlash, tadbirkorlik hamda kasb-hunarga yo‘naltirish masalalariga qaratildi. Shu bilan birga, kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar ham tahlil qilindi.

📋 Mazkur jarayonda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan kelib chiqib, aholi bandligi, hokim yordamchisi tomonidan kambag‘allikni qisqartirish borasida olib borilayotgan ishlar, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔎 Sevara Fayziyeva tomonidan mavjud muammolarni aniqlash, bandlikka muhtoj fuqarolar bilan manzilli ishlash hamda ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka yo‘naltirish orqali daromad manbalariga ega bo‘lish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

📉 Shuningdek, aniqlangan masalalarni bartaraf etishda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini oshirish hamda mazkur yo‘nalishda deputatlik nazoratini yo‘lga qo‘yish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.

✅ O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni barqaror daromad manbalariga yo‘naltirish, kambag‘allikni qisqartirish va mahalladagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish orqali aholi farovonligini oshirishga ko‘maklashishdan iborat.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5