Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jamoat transporti xizmatlari holati o‘rganildi
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGINING NAMANGAN SHAHAR BO‘LIMIDA TEGISHLI QAROR VA TOPSHIRIQLAR IJROSI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qaror ilovasida belgilangan xonadonlarda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Dashtbog‘” mahallasida kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Bolalar ombudsmani faoliyati bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
MAHALLA INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
A.Navoiy mahallasida nogironligi bo‘lgan fuqarolarning huquqlari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi O‘RQ–641-son “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash, nogironligi bo‘lgan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ular uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni o‘rganish maqsadida hududlarda deputatlik o‘rganishlari olib borilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish 11-A.Navoiy saylov okrugi hududidagi A.Navoiy mahallasida kotibiyat mudiri A.Ermatov saylov okrugi deputati N.Akbarova va mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirildi.

O‘rganish davomida A.Navoiy mahallasi, Ipak yo‘li ko‘chasi, 67A-uy, 2-xonadonda istiqomat qiluvchi Isroilova Maftunaxonning ijtimoiy holati o‘rganildi. Fuqaroning kambag‘allik reyestriga kiritilgani hamda ijtimoiy ko‘makka ehtiyoji mavjudligi yuzasidan tegishli holatlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mazkur manzilda istiqomat qiluvchi Isroilov Raimjonning holati ham o‘rganildi. U I guruh nogironligi bo‘lgan shaxs sifatida davlat ta’minotidagi oilalar reyestriga kiritilgan.

O‘rganish jarayonida fuqarolarning ijtimoiy himoyaga bo‘lgan ehtiyojlari, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, mavjud muammolar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning qonunchilikda belgilangan huquq va imkoniyatlaridan foydalanish holatiga e’tibor qaratildi.

O‘RQ–641-son Qonunning 4-moddasida nogironligi bo‘lgan shaxslarning qadr-qimmati, mustaqilligi va tanlash erkinligini hurmat qilish, nogironlik belgisi bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, huquq va erkinliklarni amalga oshirishda imkoniyatlar tengligini ta’minlash hamda ularni jamiyat va davlat hayotiga jalb etish asosiy prinsiplar sifatida belgilangan.

Mazkur o‘rganish davomida qonun talablarining amaliy ijrosi, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini ta’minlash masalalari deputatlik nazorati doirasida ko‘rib chiqildi.

Slide 1 of 4