Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ilg‘or” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
.IIlg‘or” mahallasida obodonlashtirish masalalari ko‘cha-mahalla kesimida o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi muammolar o‘rganildi
янв.21
Belgilangan ish rejasining ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Yosh tadbirkorlar bilan ochiq muloqot
янв.21
3-sonli oilaviy poliklinikada ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Ozod” MFYda ichki yo‘llar va yo‘l infratuzilmasi holati o‘rganildi
янв.21
Namanganda mahalliy ishlab chiqarish va aholi bandligini ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda
янв.21
Namanganda "Hunarmandlar markazi" va turistik ko‘cha barpo etilishi rejalashtirilmoqda
янв.21
Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
#biriktirilgan_tashkilot #24_ta_masala

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi Turdiyev Akrom Abdimuratovich, Kengash kotibiyati mudiri M.Xujanov, tuman Kengashi deputati Yu. Hakimov, shuningdek, Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar ishtirokida “Sohibkor” mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, fuqarolar bandligini ta’minlash, aholi daromadlarini oshirish hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish borasidagi ishlarning samaradorligi tahlil qilindi.

Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish, aholining iqtisodiy faolligini oshirish hamda mahallada kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va vazifalar belgilab olindi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlarning ijrosi deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 5