Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Gullar festivali oldidan tayyorgarlik va xizmat ko‘rsatish sifati tahlil qilindi
янв.21
Xalqaro gullar festivaliga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va hududdagi tadbirkorlik yo‘nalishlari o‘rganildi
янв.21
Soliq intizomi va yuklatilgan vazifalar ijrosi o‘rganildi
янв.21
QIRG‘IZ DELEGATSIYASI NAMANGANNING EKSPORT SALOHIYATI BILAN TANISHDI
янв.21
YOSHLAR KELAJAGI — E’TIBOR MARKAZIDA!
янв.21
SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
янв.21
✅Xalq  deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati  Sapayev Zafar Jumanazarovich tomonidan "Madaniy maorif" mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv o'tkazildi.
янв.21
SAYYOR QABUL — AHOLI MUAMMOLARIGA E’TIBOR
янв.21
SAYYOR QABUL — AHOLI MUAMMOLARIGA E’TIBOR VA AMALIY YECHIM
Deputatlik so‘rovi

Aholi bilan bevosita muloqot davomida fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish va amaliy yechim topish maqsadida nazorat-tahlil tadbirlari davom ettirilmoqda.

Xususan, “5-Kattabog‘” saylov okrugida o‘tkazilgan fuqarolar bilan muloqot chog‘ida “Kattabog‘” mahallasi, Navbahor ko‘chasida yashovchi fuqaro A.Primqulov o‘z xonadoniga kirib-chiqish yo‘lida joylashgan tabiiy gaz quvuri noqulaylik tug‘dirayotganini ma’lum qildi.

Murojaatga ko‘ra, xonadonning chiqish qismi 13-sonli umumta’lim maktabi hududiga tutash bo‘lib, ayni paytda bu yo‘nalishdagi kirish-chiqish yo‘li ta’mirlanmoqda. Hududdan o‘tgan gaz quvurining past balandlikda joylashgani esa yo‘lni ta’mirlash ishlariga va fuqarolarning erkin harakatlanishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Mazkur masala yuzasidan 5-"Kattabog‘" saylov okrugi deputati I.Tangirov tomonidan “Termizshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i X.Berdimuratov nomiga deputat so‘rovi yuborildi.

So‘rovda hududni mutaxassislar ishtirokida joyiga chiqib o‘rganish, mavjud gaz quvurini texnika xavfsizligi talablariga rioya qilgan holda qayta montaj qilish yoki xavfsiz holatga keltirish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yozma ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.