Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududda yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildiHududda yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Yaxshilik marafoni” — inson qadri uchun xizmat qilayotgan amaliy tashabbus
янв.21
“Deputatlik minbari” loyihasi doirasida jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi
янв.21
Chust tumanida qurilish va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Namanganda yangi turizm va xizmat ko‘rsatish ko‘chasi barpo etiladi
янв.21
“Lola” mahallasida obodonlashtirish ishlari yangi bosqichda
янв.21
Hududda chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Prezident qarori ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlariga aniq chora-tadbirlar belgilandi
янв.21
Jamoat transporti tizimi o‘rganildi va tahlil qilindiJamoat transporti tizimi o‘rganildi va tahlil qilindi
Aholi bandligi va daromadlarini oshirish bo‘yicha shtab faoliyati o‘rganildi

#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#nazorat_tahlil #deputat_faoliyati

Aholi bandligi va daromadlarini oshirish bo‘yicha shtab faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati D. Radjapova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Donayev tomonidan Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 3-sentabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tuman hokimligida tashkil etilgan shtab faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida shtab tomonidan tumanda barqaror ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni mehnat faoliyatiga jalb etish hamda aholi uchun qo‘shimcha daromad manbalarini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, hududdagi mavjud iqtisodiy imkoniyatlardan foydalanish, tadbirkorlik va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning natijadorligi hamda belgilangan vazifalarning ijrosi tahlil qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha shtab faoliyatini yanada takomillashtirish, barqaror bandlikni ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni kuchaytirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3