Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
RAVNAQ MFYDA FUQARO MUROJAATI O‘RGANILIB, MUAMMOLARNI HAL ETISH BO‘YICHA CHORALAR BELGILANDI
янв.21
MUAMMOLAR TINGLANDI, TASHABBUSLAR QO‘LLAB-QUVVATLANADI
янв.21
“BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!” — SOG‘LOM HAYOT TARZINI TARG‘IB ETUVCHI OMMAVIY TADBIR
янв.21
HAR BIR MAHALLADA BANDLIK VA KAMBAG‘ALLIK MASALASI — ANIQ NATIJA MEZONIDA
янв.21
KASB-HUNAR — MUNOSIB DAROMAD VA YANGI IMKONIYATLAR GAROVI
янв.21
NAMANGAN SHAHAR FHDYO BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” JARAYONINING 2-MAVSUMI YAKUNLARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
IMKONIYAT — YANGI HAYOT SARI OCHILGAN ESHIK
янв.21
OLIY MAJLIS SENATINING 19-YALPI MAJLISI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
IMKONIYAT — YANGI HAYOT SARI OCHILGAN ESHIK
#24_ta_masala #DeputatNazorati

🤩 Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 11-“Guliston” saylov okrugidan saylangan deputati Azamat Karamatovich Mamatmuratov, Kengash kotibiyati mudiri M.Xujanov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar ishtirokida “Jiyanbobo” mahallasida ijtimoiy xodimning o‘z vakolati doirasida amalga oshirayotgan ishlari bilan yaqindan tanishildi.

✅ O‘rganish davomida ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolar va oilalarni aniqlash, ularning murojaatlarini o‘rganish, ijtimoiy xizmat va ko‘makka muhtoj shaxslarga amaliy yordam ko‘rsatish borasidagi ishlar muhokama qilindi.

✅ Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy nafaqa va moddiy yordamga ehtiyojmand fuqarolar bilan manzilli ishlash, mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

➡️ O‘rganish yakunida ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi va samaradorligini oshirish, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3