Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Namangan shahar 3-son texnikumi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlarning muammolari tinglanib, amaliy yechimlar belgilandi
янв.21
O‘quvchi-yoshlarni kasbga o‘qitish jarayoni bilan tanishildi
янв.21
Namangan shahar 3-son texnikumining kelgusidagi faoliyat rejalari muhokama qilindi
янв.21
31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining isitish tizimi o‘rganildi
янв.21
31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
31-sonli maktabda sinf xonalarini to‘liq videokuzatuv kameralari bilan jihozlash holati o‘rganildi
янв.21
8-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
8-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi
янв.21
8-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining chegaralovchi devorini yangilash holati o‘rganildi
🔰Ogohlik – davr talabi.

📌Jizzax shahridagi “Olmazor” MFY hududida joylashgan 2-sonli umumtaʼlim maktabida davra suhbati tashkil etildi. Unda Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati N.Shamsiyeva, masʼul tashkilot vakillari hamda maktabning yuqori sinf o‘quvchi-qizlari ishtirok etishdi.

🔸Uchrashuv davomida qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning huquq va majburiyatlari, shuningdek, odob-axloq qoidalariga rioya etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. 

🔸Deputat va soha mutaxassislari bugungi kunda yoshlar o‘rtasida uchrayotgan salbiy holatlar, ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish qoidalari hamda kiberjinoyat qurboniga aylanib qolmaslik choralari haqida hayotiy misollar bilan tushunchalar berishdi. Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqotda o‘quvchi-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga masʼullardan batafsil javoblar olishdi.

Slide 1 of 4