Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Majnuntol MFY hududidagi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishildi
янв.21
Yoshlar festivali doirasida yoshlar bilan ishlash va profilaktika masalalariga e’tibor qaratildi
янв.21
“DAMBOG‘” MAHALLASIDA FUQARONING TIBBIY-IJTIMOIY VA KOMMUNAL MUAMMOLARI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
LOLA” MAHALLASIDAGI MUROJAAT VA INFRATUZILMA MASALALARI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
CHORVACHILIKNI RIVOJLANTIRAYOTGAN TADBIRKOR AYOL FAOLIYATI BILAN TANISHILDI
янв.21
3-SONLI TEXNIKUMDA KASBGA O‘QITISH JARAYONI BILAN TANISHILDI
янв.21
OLIY MAJLIS SENATORI YOSHLARNING MUAMMO VA TAKLIFLARINI TINGLADI
янв.21
3-SONLI TEXNIKUM FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
OLTI TOSH MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGI BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
31-MAKTABDA TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
Hududiy o‘rganishlar – aholi manfaatlari va amaliy natijalar sari muhim qadam

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Hududiy o‘rganishlar – aholi manfaatlari va amaliy natijalar sari muhim qadam

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Murodxon Jo‘rayev tomonidan Yashnobod tumanidagi “Vatandosh” hamda “Tong” mahallalarida aholi bilan uchrashuvlar tashkil etilib, Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi asosida hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, infratuzilma va fuqarolarni qiynab kelayotgan dolzarb masalalar yuzasidan manzilli o‘rganishlar olib borildi.

📍 Uchrashuvlarda mahalla faollari, “mahalla yettiligi” a’zolari, mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda fuqarolar ishtirok etib, hudud rivoji va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.

🔎 Xususan, yoshlar bandligini ta’minlash, mahalladagi yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligi, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, bepul dori vositalari bilan ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga ko‘rsatilayotgan yordam, xotin-qizlar faollari va hokim yordamchilari faoliyati, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda aholi bandligini oshirish borasidagi ishlar tahlil qilindi.

🚧 Shuningdek, ichki ko‘cha yo‘llarining holati, tungi yoritish tizimi, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, ko‘p qavatli uylar atrofidagi sanitariya holati, boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, issiq va sovuq suv, elektr energiyasi hamda gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalar ham deputatlik nazorati doirasida ko‘rib chiqildi.

🌳 Mahallalardagi park va xiyobonlar holati, bolalar va yoshlar uchun sport maydonchalari, ta’lim muassasalarining sport zallari va jihozlanganlik darajasi, jamoat transporti qatnovi, avtobus bekatlarining qulayligi, madaniyat muassasalari hamda kutubxonalar faoliyati kabi yo‘nalishlarga ham alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Murodxon Jo‘rayev tomonidan fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, muammolarni joyida aniqlash va ularni tizimli ravishda bartaraf etish, har bir mahallaning imkoniyatidan kelib chiqib rivojlanish nuqtalarini belgilash deputatlik faoliyatining ustuvor vazifalaridan biri ekani ta’kidlandi.

✅ Yakunda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq chora-tadbirlarni belgilash, hududiy muammolarni bosqichma-bosqich hal etish hamda ularning ijrosini qat’iy nazoratga olish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 6