Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Majnuntol MFY hududidagi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishildi
янв.21
Yoshlar festivali doirasida yoshlar bilan ishlash va profilaktika masalalariga e’tibor qaratildi
янв.21
“DAMBOG‘” MAHALLASIDA FUQARONING TIBBIY-IJTIMOIY VA KOMMUNAL MUAMMOLARI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
LOLA” MAHALLASIDAGI MUROJAAT VA INFRATUZILMA MASALALARI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
CHORVACHILIKNI RIVOJLANTIRAYOTGAN TADBIRKOR AYOL FAOLIYATI BILAN TANISHILDI
янв.21
3-SONLI TEXNIKUMDA KASBGA O‘QITISH JARAYONI BILAN TANISHILDI
янв.21
OLIY MAJLIS SENATORI YOSHLARNING MUAMMO VA TAKLIFLARINI TINGLADI
янв.21
3-SONLI TEXNIKUM FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
OLTI TOSH MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGI BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
31-MAKTABDA TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
Hududdagi dolzarb masalalar deputatlik nazoratida – amaliy yechimlar sari muhim qadam

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Hududdagi dolzarb masalalar deputatlik nazoratida – amaliy yechimlar sari muhim qadam

🏛 O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Ulug‘bek Rasulov tashabbusi bilan Chilonzor tumanidagi “Xalqlar Do‘stligi” mahallasida fuqarolar murojaatlari asosida hududdagi mavjud muammolarni joyida ko‘rib chiqish va ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy uchrashuv tashkil etildi. Mazkur jarayonda Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati D.Isxakov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi Sevara Fayziyeva, partiyaning Chilonzor tuman Kengashi raisi M.Tursunova, mahalla raisi, “mahalla yettiligi” a’zolari hamda faol fuqarolar ishtirok etdi.

📝 Uchrashuv davomida Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududdagi infratuzilma, ekologik holat, ichki yo‘llar sifati, yashil hududlarni saqlash va rivojlantirish, kommunal qulayliklarni yaxshilash hamda aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar asosida bir qator masalalar manzilli ravishda ko‘rib chiqildi.

🌿 Xususan, mahalladagi yashil maydonlarni sug‘orish tizimini takomillashtirish, ko‘kalamzorlashtirilgan hududlarga suv yetkazib berish imkoniyatlarini kengaytirish, mavjud ekologik muvozanatni saqlash hamda fuqarolar tashabbusi bilan yaratilgan yashil maskanlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Bu borada deputat Ulug‘bek Rasulov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatish tashabbusi ilgari surildi.

🔎 Shuningdek, mahalla ichki yo‘llarining holatini yaxshilash, hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirish, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish hamda fuqarolar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish masalalari yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish zarurligi qayd etildi. Deputat D.Isxakov tomonidan masalalarni hal etish mexanizmlarini jadallashtirish maqsadida tegishli tashkilotlar bilan manzilli ishlash bo‘yicha tashabbuslar bildirildi.

🤝 Uchrashuv yakunida mahalla raisi, “mahalla yettiligi”, deputatlar va mutasaddi tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish, har bir murojaatni nazoratga olib borish hamda hududni obod, yashil va qulay maskanga aylantirish bo‘yicha amaliy ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan muhim vazifalar belgilab olindi.

🔺 Ta’kidlanganidek, aholi bilan bevosita muloqot qilish, muammolarni joyida aniqlash va ularni hamkorlikda hal etish – hududlarni rivojlantirish hamda fuqarolar farovonligini oshirishning eng samarali mexanizmlaridan biri hisoblanadi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 6