Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Namangan shahar 3-son texnikumi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlarning muammolari tinglanib, amaliy yechimlar belgilandi
янв.21
O‘quvchi-yoshlarni kasbga o‘qitish jarayoni bilan tanishildi
янв.21
Namangan shahar 3-son texnikumining kelgusidagi faoliyat rejalari muhokama qilindi
янв.21
31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining isitish tizimi o‘rganildi
янв.21
31-sonli maktabda sinf xonalarini to‘liq videokuzatuv kameralari bilan jihozlash holati o‘rganildi
янв.21
31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
8-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
8-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi
янв.21
8-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining chegaralovchi devorini yangilash holati o‘rganildi
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Shakarov tomonidan “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan “Mening bog‘im” loyihasi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

#Doimiy_komissiya_faoliyati

Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Shakarov tomonidan “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan “Mening bog‘im” loyihasi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida loyiha doirasida Go‘zal mahallasi hududidagi 0,9 gektar yer maydonini obodonlashtirish va yashil hududga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Ma’lum qilinishicha, ovoz berish natijalariga ko‘ra mazkur hududda bog‘ tashkil etish xarajatlari uchun 250 million so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan.

Loyiha doirasida hududni ko‘kalamzorlashtirish, aholi dam olishi uchun qulay sharoitlar yaratish hamda ekologik muhitni yaxshilash maqsad qilingan.

Mazkur masala Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritilishi rejalashtirilgan.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram

Slide 1 of 3