Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik vazifalarini samarali va mas’uliyatli bajarish kuni
янв.21
Sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Deputat daxlsizlik huquqidan qay tartibda mahrum etiladi?
янв.21
Namangan shahar “Chorsu” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotini rekonstruksiya qilish obyektida olib borilayotgan qurilish ishlari Namangan shahar Kengashi raisi, deputat R.Isakov tomonidan o‘rganildi.
янв.21
Namangan shahrida joylashgan gaz quyish va benzin shoxobchalarida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish maqsadida keng qamrovli o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq bilan muloqot – hududlardagi muammolarni oʻrganish
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlariga aniq chora-tadbirlar belgilandi
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN JOYLARDA MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA
янв.21
PREZIDENT QARORI IJROSI MUHOKAMA QILINDI
BIR PIYOLA CHOY USTIDA SAMIMIY MULOQOT

📌 Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati G.Isayeva tomonidan 19-Tim saylov okrugiga qarashli Arabota mahallasida saylovchilar ishtirokida samimiy uchrashuv tashkil etildi.
☕️ “Bir piyola choy ustida” o‘tgan ochiq muloqot davomida oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash, to‘y va marosimlarni ixcham hamda ortiqcha sarf-xarajatlarsiz o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, deputat tomonidan yoshlarning ta’lim olish huquqlarini ta’minlash, ayniqsa qizlarni ilm-fan va kasb-hunarga keng jalb etishning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
📖 Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-sonli Qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan ishtirokchilarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
🤝 Tadbir davomida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr va takliflarini bildirib, ochiq muloqot tarzida suhbat olib borildi.

Slide 1 of 3