💧 “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunni tumandagi ijrosi yuzasidan xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi deputatlari tomonidan o‘rganish ishlari boshlandi.
📄 Shu maqsadda tuman hokimining tegishli o‘rinbosari hamda mas’ul tashkilot rahbarlariga rasmiy savolnoma yuborildi. Unda:
— aholini ichimlik suvi bilan qamrab olish darajasi,
— suv tarmoqlarining texnik holati,
— suv sifati va laboratoriya nazorati,
— suv yo‘qotishlar va ularni kamaytirish choralari,
— ekologik holat va ifloslanish masalalari,
— mavjud muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan aniq ma’lumotlar so‘ralgan.
🔍 O‘rganishlar natijasida aniqlangan muammolar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi hamda amaliy takliflar ishlab chiqilishi ta’minlanadi.
🤝 Aholimizdan ham ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolar yuzasidan murojaat va takliflarini bildirishlarini so‘rab qolamiz.