Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik vazifalarini samarali va mas’uliyatli bajarish kuni
янв.21
Sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Deputat daxlsizlik huquqidan qay tartibda mahrum etiladi?
янв.21
Namangan shahar “Chorsu” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotini rekonstruksiya qilish obyektida olib borilayotgan qurilish ishlari Namangan shahar Kengashi raisi, deputat R.Isakov tomonidan o‘rganildi.
янв.21
Namangan shahrida joylashgan gaz quyish va benzin shoxobchalarida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish maqsadida keng qamrovli o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq bilan muloqot – hududlardagi muammolarni oʻrganish
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlariga aniq chora-tadbirlar belgilandi
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN JOYLARDA MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA
янв.21
PREZIDENT QARORI IJROSI MUHOKAMA QILINDI
Deputat nazorati

Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi deputati A.Umarov tomonidan "Obinazir" mahalla fuqarolar yigʻinida tuman masʼullari bilan birgalikda davlat dasturi asosida amalga oshirilayotgan ichimlik suvi tarmoqlarini yangilash boʻyicha oʻrganish tashkil etildi.
Oʻrganish davomida mahalladagi suv tarmoqlari korxonasi tomonidan olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari, pudrat tashkilotlari tomonidan belgilangan muddatlarga rioya etilishiga qaratilgan chora-tadbirlariga alohida eʼtibor qaratildi.
Aholini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib, deputatlar tomonidan ushbu jarayonni doimiy nazoratda ushlashi belgilangan.
Oʻrganish jarayonida ishlarning sifati va hajmi bilan yaqindan tanishib, mavjud kamchiliklar boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berildi.
Oʻrganish yakunida deputat A.Umarov tomonidan ushbu ishlar nafaqat suv taʼminoti sifatini yaxshilash, balki yoʻqotishlarni kamaytirish va tizim samaradorligini oshirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Slide 1 of 3