Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik vazifalarini samarali va mas’uliyatli bajarish kuni
янв.21
Sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Deputat daxlsizlik huquqidan qay tartibda mahrum etiladi?
янв.21
Namangan shahar “Chorsu” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotini rekonstruksiya qilish obyektida olib borilayotgan qurilish ishlari Namangan shahar Kengashi raisi, deputat R.Isakov tomonidan o‘rganildi.
янв.21
Namangan shahrida joylashgan gaz quyish va benzin shoxobchalarida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish maqsadida keng qamrovli o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq bilan muloqot – hududlardagi muammolarni oʻrganish
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlariga aniq chora-tadbirlar belgilandi
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN JOYLARDA MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA
янв.21
PREZIDENT QARORI IJROSI MUHOKAMA QILINDI
XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI 19-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

📌 XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI 19-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Bugun Furqat tumani hokimligining katta majlislar zalida Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi 19-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o'rinbosarlari tegishli tashkilotlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Sessiya kun tartibiga muvofiq quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Furqat tumanidagi Xalq qabulxonasining axboroti to‘g‘risida

“Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi”

2. Furqat tumani byudjetining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida 

“Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohatlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi”

3. Furqat tumanida Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida

“Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohatlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi”

4. Furqat tumandagi qishloq xo‘jaligi ekinlari vegetatsiya davri uchun iste’molchilar kesimida ekinlarni sug‘orish limitlarini tasdiqlash to‘g‘risida

“Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi”

5. Furqat tumanida 2026-yil I choragida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisoboti to‘g‘risida

“Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohatlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi”

6. Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining 2026-yil 6-apreldagi VII-18-24-11-164-K/26-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to'g'risida

“Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohatlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi”

7. Furqat tuman mahalliy budjetining 2026 yil I chorak yakuni bo’yicha qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻlarni yoʻnaltirish toʻgʻrisida

“Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohatlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi”

❗️ Sessiya kun tartibiga kiritilgan “Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi deputati vakolatini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida”gi masala esa qo‘shimcha o‘rganish talab etilgani sababli navbatdagi sessiya kun tartibiga qoldirildi.

Sessiya yakunida qabul qilingan qarorlarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

📺 Sessiya jarayoni Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining Facebook (https://www.facebook.com/share/v/1EHDvEvSrS/)sahifasi orqali jonli efirda yoritib borildi.

Slide 1 of 17