Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bandlik shtabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik vazifalarini samarali va mas’uliyatli bajarish kuni
янв.21
Sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Deputat daxlsizlik huquqidan qay tartibda mahrum etiladi?
янв.21
Namangan shahar “Chorsu” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotini rekonstruksiya qilish obyektida olib borilayotgan qurilish ishlari Namangan shahar Kengashi raisi, deputat R.Isakov tomonidan o‘rganildi.
янв.21
Namangan shahrida joylashgan gaz quyish va benzin shoxobchalarida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish maqsadida keng qamrovli o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq bilan muloqot – hududlardagi muammolarni oʻrganish
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlariga aniq chora-tadbirlar belgilandi
Inson qadri — amaliy e’tiborda: ehtiyojmand oilalar uy-joylarini energiya samaradorligini oshirish orqali yaxshilash masalasi muhokama qilindi

Inson qadri — amaliy e’tiborda: ehtiyojmand oilalar uy-joylarini energiya samaradorligini oshirish orqali yaxshilash masalasi muhokama qilindi

  

  Xalq deputatlari Do‘stlik tuman Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari” bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

  

Yig‘ilishda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 5 fevraldagi PQ-49-sonli qarorining 13-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turgan I guruh nogironligi bo‘lgan va mehnatga layoqatsiz a’zosi bo‘lmagan oilalar, shuningdek, ehtiyojmand oilalarning uy-joy sharoitlarini yaxshilash masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Xususan, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamda “Mahalla yettiligi” tomonidan shakllantirilgan ro‘yxatlar asosida mazkur toifadagi xonadonlarda devor va tom qismlarini izolyatsiya qilish, energiya tejamkor deraza va eshiklar o‘rnatish, shuningdek, quyosh panellari yoki geliokollektorlar joriy etish bo‘yicha takliflar muhokama etildi va shu mavzudagi vazirliklarning qo‘shma qarorlari o‘qib eshittirildi.

  Shuni alohida ta’kidlash lozimki, doimiy komissiya a’zolari tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatdagi fuqarolarning uy-joylari joyiga chiqqan holda o‘rganilib, ularning haqiqiy ehtiyojlari va yashash sharoitlari nazorat tartibida tahlil qilindi. Bu esa qabul qilinayotgan qarorlarning manzilliligi va adolatliligini ta’minlashga xizmat qiladi.

  Mazkur masala ijtimoiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rib chiqilib, ehtiyojmand aholi qatlamlari uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish davlatning muhim vazifalaridan ekani qayd etildi. Zero, bunday yondashuv nafaqat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, balki inson qadrini yuksaltirish, jamiyatda adolat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan.

  Shu nuqtai nazardan, ehtiyojmand oilalar xonadonlarida amalga oshirilayotgan energiya samaradorligiga qaratilgan chora-tadbirlar — devor va tomlarni izolyatsiya qilish, energiya tejamkor deraza va eshiklar o‘rnatish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish — katta ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega. Bu orqali, avvalo, oilalarning kommunal xarajatlari kamayishiga, uy-joylarda qulay mikroiqlim shakllanishiga hamda aholining turmush darajasi oshishiga erishiladi.

  Eng muhimi, bunday amaliy ishlar insonning o‘z uyida o‘zini xavfsiz, barqaror va qadrlangan his qilishiga xizmat qiladi. Bu esa “Inson qadri uchun” tamoyilining hayotdagi yaqqol ifodasidir.

 BIZNI KUZATIB BORING: 🌍 Web sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=3&authority_id=304) | ✅ Do'stlik kengashi (https://t.me/DustliktumanKengashi) | 💬 Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61579521633372) | 📹 Youtube (https://youtube.com/@xd_dustlik_deputatlar_kengashi) 🌐Instagram (https://www.instagram.com/xd_deputatlar_dustlik_tuman/)

Slide 1 of 10