Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bandlik shtabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik vazifalarini samarali va mas’uliyatli bajarish kuni
янв.21
Sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Deputat daxlsizlik huquqidan qay tartibda mahrum etiladi?
янв.21
Namangan shahar “Chorsu” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotini rekonstruksiya qilish obyektida olib borilayotgan qurilish ishlari Namangan shahar Kengashi raisi, deputat R.Isakov tomonidan o‘rganildi.
янв.21
Namangan shahrida joylashgan gaz quyish va benzin shoxobchalarida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish maqsadida keng qamrovli o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq bilan muloqot – hududlardagi muammolarni oʻrganish
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlariga aniq chora-tadbirlar belgilandi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining haftalik ish rejasiga muvofiq bugun, kotibiyat mudiri Xusnara Berdiyarova, kotibiyat bosh mutaxassisi Avazbek Sharopov va Kengashning mahalliy byudjetni shakllantirish, ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Eldor Erkaboyevlar ishtirokida tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limiga borib, 22-sessiyada qabul qilingan qarorlar ijrosi o‘rganildi.

O‘rganish maqsadi:

Sirdaryo viloyati Boyovut tumani mahalliy byudjetining erkin qoldiq mablag'laridan 2026-yil davomida ajratilgan mablag‘larning ishlatilishi holati o‘rganildi.

(Kengashning 09.02.2026-yildagi VII-21-7-9-123-K/26-sonli va 02.03.2026-yildagi VII-22-22-9-123-K/26-sonli qarorlari asosida)

📊 Ajratilgan mablag‘lar bo‘yicha holat:

🚰Tuman markazidagi drenajlarni ta'mirlash va yangi qurish:

Boyovut tuman Obodonlashtirish boshqarmasi

Reja: 436,6 mln. so‘m|Bajarildi: 429,6 mln. so‘m | Qoldiq: 7,0 mln. so‘m

💵 Shartnomaga asosan mablag‘lar moliyalashtirildi.

(Mas'ullar: tuman hokimining o‘rinbosari K.Abdaliyev, Obodonlashtirish boshqarmasi I.Bobobekov)

 🏫 Maktablarda inklyuziv ta'lim uchun jihozlar va qalqonlar sotib olish

Tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi

Reja: 47,5 mln. so‘m|Bajarildi: 44,9 mln. so‘m | Qoldiq: 2,6 mln. so‘m

💵 Shartnomaga asosan mablag'lar moliyalashtirildi

(Mas'ullar: tuman hokimining o'rinbosari A.Allashukurov, MMT boshlig‘i O.G‘ayimnazarov)

🏫 6 ta maktabga 11 dona Face ID turniket sotib olish:

Tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi

Reja: 244,6 mln. so‘m|Bajarildi: 220,0 mln. so‘m | Qoldiq: 24,6 mln. so‘m

💵 Shartnomaga asosan mablag'lar moliyalashtirildi

🏥 Tibbiyot birlashmasiga 100 dona krovat sotib olish:

Tuman Tibbiyot birlashmasi

Reja: 178,5 mln. so‘m|Bajarildi: 178,5 mln. so‘m | Qoldiq: 0

💵 Mablag‘lar to‘liq moliyalashtirildi

"Fuqarolar tashabbusi" jamg'armasi

Boyovut tuman hokimligi:

Reja: 5 784,5 mln. so‘m|Bajarildi: 5 784,5 mln. so‘m | Qoldiq: 0

💵 Mablag‘lar to‘liq moliyalashtirildi

🏥 Tibbiyot birlashmasining kanalizatsiyasini yaxshilash:

Tuman Tibbiyot birlashmasi

Reja: 350,0 mln. so‘m|Bajarildi: |Qoldiq: 350,0 mln. so‘m

🏢 Sirdaryo viloyati hokimligi huzuridagi "Yagona buyurtmachi xizmati" DM bilan shartnomalar tuzildi, SHAFFOF platformasiga ekologiya va geodeziya xulosalari olindi. Ishlar davom etmoqda.

💡 Manzarali (dekorativ) ko‘cha chiroqlari o'rnatish:

Boyovut tuman Obodonlashtirish boshqarmasi

Reja: 2 000,0 mln. so‘m|Bajarildi: 1 916,5 mln. sox‘m|Qoldiq: 83,5 mln. so‘m

💵 Shartnomaga asosan mablag‘lar moliyalashtirildi

(Mas'ullar: tuman hokimining o‘rinbosari K.Abdaliyev, Obodonlashtirish boshqarmasi I.Bobobekov)

Xulosa:

O‘rganish natijasida ajratilgan mablag‘larning katta qismi maqsadli va o‘z vaqtida ishlatilganligi tasdiqlandi. Tibbiyot birlashmasining kanalizatsiyasini yaxshilash bo‘yicha ish jarayonda bo‘lib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

Kengash tomonidan mablag‘lar ijrosi ustidan muntazam deputatlik nazorati davom ettiriladi.

Slide 1 of 10