Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bitiruvchilar uchun ta’lim va huquq-tartibot sohasi bo‘yicha tushuntirish uchrashuvi
янв.21
Yoshlar xavfsizligi va huquqiy ong — jamiyat barqarorligining muhim omili
янв.21
Boburshoh mahallasida jinoyat yuzasidan jamoatchilik muhokamasi o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot
янв.21
Deputatning “Bahor” mahallasidagi uchrashuvi
янв.21
Bolalarga yordam – mehr va e’tibor ramzi
янв.21
Kambag’allikka qarshi kurash – natija va mas’uliyat
янв.21
Navbatdagi Namangan shahar Kengashi doimiy komissiya yig‘ilishi
янв.21
Namangan shahar Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi
Prezident Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosi joylarda

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan
Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, ushbu muhim hujjatlarning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Bekobod shahrining 18-sonli umumta’lim maktabi faollar zalida "Yangihauot", "Paxtakor" va "Yoshlik" mahallalari aholisi uchun tadbirbo‘lib o‘tdi. Tadbirda shahar aholisi, mahalla faollari, jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdi.
 

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputati U.Abdunazarov tomonidan uchrashuv davomida Prezident Murojaatnomasida ilgari surilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, aholi farovonligini oshirish, ta’lim sifatini yuksaltirish hamda mahallalarda sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlashga qaratilgan vazifalar atroflicha tushuntirildi. Shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy yo‘nalishlari, uning amaliy ahamiyati hamda strategiyada belgilangan vazifalarni joylarda samarali amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar kelgusidagi ishlar uchun muhim asos bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.   

Slide 1 of 2