Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bitiruvchilar uchun ta’lim va huquq-tartibot sohasi bo‘yicha tushuntirish uchrashuvi
янв.21
Yoshlar xavfsizligi va huquqiy ong — jamiyat barqarorligining muhim omili
янв.21
Boburshoh mahallasida jinoyat yuzasidan jamoatchilik muhokamasi o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot
янв.21
Deputatning “Bahor” mahallasidagi uchrashuvi
янв.21
Bolalarga yordam – mehr va e’tibor ramzi
янв.21
Kambag’allikka qarshi kurash – natija va mas’uliyat
янв.21
Navbatdagi Namangan shahar Kengashi doimiy komissiya yig‘ilishi
янв.21
Namangan shahar Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi
Senatda navbatdagi o‘quv seminarlari o‘tkazilmoqda

Oliy Majlis Senati tashabbusi bilan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari raislari hamda hokimlar uchun navbatdagi o‘quv seminarlari o‘z ishini boshladi.

26–28-yanvar kunlari o‘tkaziladigan mazkur o‘quvlarda Jizzax, Navoiy, Samarqand va Sirdaryo viloyatlaridan kelgan mahalliy vakillik hamda ijro hokimiyati organlari rahbarlari ishtirok etmoqda.

Seminarlar mahalliy davlat boshqaruvi tizimida samaradorlikni oshirish, tuman va shahar darajasida vakillik hamda ijro organlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, aholi muammolarini hal etishda tizimli va ochiq yondashuvlarni shakllantirishga qaratilgan.

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva ochilish marosimidagi nutqida joylardagi rahbarlarning masʼuliyatiga urg‘u berib, qaror qabul qilishda qonuniylik va jamoatchilik manfaatlarini ustuvor qo‘yish zarurligini taʼkidladi.

O‘quv jarayonida tinglovchilar uchun mahalliy darajada hokimiyatlar bo‘linishi tamoyilini amalga oshirish, tuman (shahar) Kengashi raisi maqomi va vakolatlari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda dolzarb masalalar hamda ularning yechimlariga bag‘ishlangan maʼruzalar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Shuningdek, Kengash faoliyatini rejalashtirish, majlislarni samarali tashkil etish, mansabdor shaxslarning hisobotlarini eshitish, partiya guruhlari va doimiy komissiyalar bilan ishlash, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali ochiq muloqot olib borish usullari muhokama qilinadi.

Seminarlar davomida qaror qabul qilishda qonuniylikka rioya etish, aholi murojaatlari bilan ishlashda samaradorlik va ochiqlikni taʼminlash, deputatlarning fuqarolar bilan uchrashuvlarini tashkil etish, muammolarni hal etishda mahallabay ishlash masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi.

Bundan tashqari, mahalliy boshqaruvda raqamli texnologiyalardan foydalanish, elektron hukumat tizimlari orqali xizmatlar sifatini oshirish, maʼlumotlar bazalari bilan ishlash va tahliliy yondashuv asosida qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish ham seminarlarning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Uch kunlik o‘quvlar yakunlariga ko‘ra ishtirokchilar hududlarda islohotlarni amalga oshirishda amaliy bilim va tajribalarini boyitib, aholi manfaatlariga xizmat qiladigan samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish salohiyatini oshiradi. 

Slide 1 of 10