Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bitiruvchilar uchun ta’lim va huquq-tartibot sohasi bo‘yicha tushuntirish uchrashuvi
янв.21
Yoshlar xavfsizligi va huquqiy ong — jamiyat barqarorligining muhim omili
янв.21
Boburshoh mahallasida jinoyat yuzasidan jamoatchilik muhokamasi o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot
янв.21
Deputatning “Bahor” mahallasidagi uchrashuvi
янв.21
Bolalarga yordam – mehr va e’tibor ramzi
янв.21
Kambag’allikka qarshi kurash – natija va mas’uliyat
янв.21
Navbatdagi Namangan shahar Kengashi doimiy komissiya yig‘ilishi
янв.21
Namangan shahar Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi
Oliy Majlisda tashkil etilgan o‘quv semenari muhokama etildi

    Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashining raisi J.Dushabayev tomonidan shahar Kengashining doimiy komissiya raislari va shahardagi siyosiy partiya rahbarlari ishtirokida Oliy Majlis Senatida Xalq deputatlari tuman,
shahar Kengashlari raislari hamda hokimlar uchun 29-31-yanvar kunlari tashkil etilgan o‘quv seminari yakuni bo‘yicha davra suhbatini tashkil etildi.
Kengash raisi J.Dushabayev o‘z so‘zida ushbu seminar mahalliy darajada boshqaruv qarorlarini qabul qilishda yangi yondashuvlarni joriy etish, Kengashlar faoliyatining natijadorligini oshirish, ijtimoiy masalalarni hal etishda tizimli rejalashtirish va tahlilga tayangan ish uslublarini shakllantirishga qaratilganligini ta’kidladi. Asosiy e’tibor hududiy dasturlarni ishlab chiqish va ijrosini nazorat qilish, mahalliy byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholi bandligi va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masalalar, shuningdek, bu borada o‘zaro hamkorlik qilish qaratildi. Shuningdek, Kengashlarda deputatlik so‘rovlari bilan ishlash, ijro intizomiga rioya qilish, mahalliy hokimiyat ijro organlari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, jamoatchilik eshituvlarini tashkil etish hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilganligini aytib o‘tdi. Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva murojaat qilib, mahalliy rahbarlarning faoliyatida tashabbuskorlik, shaxsiy javobgarlik va aholi bilan doimiy muloqot muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Shuningdek, har bir qabul qilinayotgan qaror joylarda ijobiy o‘zgarishlarga olib kelishi, deputatlar va hokimlar o‘z faoliyatida qonuniylik, adolat va ochiqlik tamoyillariga qat’iy amal qilishi zarurligi qayd etildi. Doimiy komissiya raislari G.Sharipova,
N.Uralova, U.Abdunazarov va siyosiy partiya rahbarlari o‘quv semenari yakunlariga ko‘ra shaharda islohotlarni amalga oshirishda amaliy bilim va tajribalarini boyitib, aholi manfaatlariga xizmat qiladigan samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish salohiyatlarini yanada oshirishga xizmat qilishini ta’kidladilar.
  

Slide 1 of 3