Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bitiruvchilar uchun ta’lim va huquq-tartibot sohasi bo‘yicha tushuntirish uchrashuvi
янв.21
Yoshlar xavfsizligi va huquqiy ong — jamiyat barqarorligining muhim omili
янв.21
Boburshoh mahallasida jinoyat yuzasidan jamoatchilik muhokamasi o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot
янв.21
Deputatning “Bahor” mahallasidagi uchrashuvi
янв.21
Bolalarga yordam – mehr va e’tibor ramzi
янв.21
Kambag’allikka qarshi kurash – natija va mas’uliyat
янв.21
Navbatdagi Namangan shahar Kengashi doimiy komissiya yig‘ilishi
янв.21
Namangan shahar Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi
Uchtepa

#deputat_axboroti_Uchtepa #deputatlik_faoliyati

📝 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi 13-Uchtepa saylov okrugi deputati Karimov Jamshid Fatxullayevich Uchtepa mahallasi hududidagi 14-sonli umumta'lim maktabi faollar zalida okrugidagi "Uchtepa" hamda "Yu.Sakkokiy" mahallalaridagi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazib, 2025-yilning to‘rtinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berdi.

📝 Axborot davomida deputat hisobot davrida tuman Kengashining sessiyalari va doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida faol ishtirok etib, tumanda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish, mahallalar muammolarini tizimli hal etish masalalari muhokamasida qatnashganini ta’kidladi. Qabul qilingan qarorlar ijrosini joylarda ta’minlash va deputatlik nazoratini kuchaytirish ustuvor vazifa ekani qayd etildi.

🔎 Shuningdek, to‘rtinchi chorak davomida saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilgani, fuqarolar qabullari tashkil etilgani, ommaviy axborot vositalari orqali deputatlik faoliyati yuzasidan chiqishlar amalga oshirilgani, ta’lim muassasalarida va jamoatchilik tadbirlarida ishtirok etilgani haqida ma’lumot berildi.

🗣 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar va takliflar tinglanib, ularni belgilangan tartibda hal etish, bu borada tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni davom ettirish zarurligi ta’kidlandi. Bu borada Yu.Sakkokiy mahallasi 1-tor Shaharcha ko'chasi hamda Katta Cho'pon ota mahallasi oralig'idan o'tgan Bo'zsuv kanali bo'ylab joylashgan, diametri 300 mm bo'lgan ichimlik suvi quvurining ta'mirtalab ekanligi yuzasidan murojaat kelib tushib, u bo'yicha joyiga chiqib o'rganilganligi hamda Toshkent shahar suv ta'minoti Uchtepa tumani suv tarmoqlari bo'limiga tegishli deputat so'rovi yuborilganligi ta'kidlandi. Barcha murojaatlar deputat tomonidan nazoratga olinib, ularning qonuniy va tezkor ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishlar olib borilishi bildirildi.

✅ Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi (https://t.me/xalqdeputatlariUchtepaKengashi)

Slide 1 of 5