Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Boburshoh mahallasida jinoyat yuzasidan jamoatchilik muhokamasi o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot
янв.21
Deputatning “Bahor” mahallasidagi uchrashuvi
янв.21
Bolalarga yordam – mehr va e’tibor ramzi
янв.21
Kambag’allikka qarshi kurash – natija va mas’uliyat
янв.21
Navbatdagi Namangan shahar Kengashi doimiy komissiya yig‘ilishi
янв.21
Namangan shahar Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi
янв.21
Yoshlar xavfsizligi va ta’lim-tarbiyasi — dolzarb masalalar muhokamada
янв.21
Deputat nazorati — amaliy natija bilan.
1-Madaniyat saylov okrugidan saylangan deputat Rajabov Qaxramon Xamzayevich saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi

1-Madaniyat saylov okrugidan saylangan deputat Q.Rajabov tomonidan mahallada saylovchilar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholi bilan bevosita muloqot o‘rnatish, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni joyida o‘rganish hamda ularning taklif va tashabbuslarini eshitishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida mahalla hududidagi infratuzilma holati, yo‘l va ichimlik suvi ta’minoti, elektr energiyasi, obodonlashtirish ishlari, bandlik masalalari, yoshlar va xotin-qizlar bilan bog‘liq muammolar hamda ijtimoiy sohadagi boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi. Saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar deputat tomonidan alohida qayd etildi.

Uchrashuv davomida aholining huquqiy savodxonligini oshirish, mahallada ijtimoiy faollikni kuchaytirish va jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Tuman Kengashi deputati Q. Rajabov

Slide 1 of 3