Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
PAYSANBA: FAOLIYAT VA MAS’ULIYAT KUNI (Deputatlik vazifalarini samarali va mas’uliyatli bajarish kuni)
янв.21
🏛 Jonli muhokama jarayoni davom etmoqda.
янв.21
Muhokama jarayonidan jonli axborot
янв.21
Muhokama jarayonidan jonli axborot
янв.21
Muhokama jarayonidan jonli axborot
янв.21
Bitiruvchilar uchun ta’lim va huquq-tartibot sohasi bo‘yicha tushuntirish uchrashuvi
янв.21
Yoshlar xavfsizligi va huquqiy ong — jamiyat barqarorligining muhim omili
янв.21
Boburshoh mahallasida jinoyat yuzasidan jamoatchilik muhokamasi o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot
Deputat faoliyatidan

Deputat Mojor mahallasida uchrashuv o'tkazdi

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deptati Jasurbek Shodiyev Mojor mahallasida bo‘lib, dastavval mahalla faxriy nuroniysi Gulbekov Yarashbobo bilan uchrashdi. Yarashbobo bilan suhbatda mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari, aholiga yaratillayotgan shart-sharoitlar hamda imkoniyotlarga e’tibor qaratildi. 

Shundan so‘ng mahalla yettiligi bilan uchrashib ularning ish faoliyati bilan tanishdi. Mahallada yettilik bir bo‘lib, mahallani kambag‘allikdan va ishsizlikdan holi hududga aylantirish hamda obod va xavfsiz mahalla mexanizimini yaratish bo‘yicha takliflar berdi.

Bundan tashqari, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Jasurbek Shodiyev mahallada hokim yordamchisi Boboyarov Ozodjon Tolibjon o‘g‘li tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Mojor mahallasi Marjon ko‘chasida yashovchi tadbirkor “Erkin bobo Asl Brind” MChJ rahbari Egamberdiev Botir Erkinovich xonadoniga borib tadbirkor tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. 

Bugungi kunda davlatimiz tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar va imkoniyatlar haqida tushunchalar berdi. Shuningdek, tadbirkoni talab va takliflarini o‘rgandi va o‘zing maslahatlarini berib o'tdi.

Slide 1 of 10